IT-Park va Seedstars World SA hamkorlik toʻgʻrisida kelishib olishdi!
04.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 30-sentyabrda IT-Park va Seedstars World SA o`zaro manfaatlarni hisobga olgan holda hamkorlik qilish maqsadida o`zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Ushbu bitimning asosiy vazifalari quyidagilarni qamrab oladi: IT-Park va Seedstars World SA o`rtasida startap-ekotizimni rivojlantirish sohasida, to`g`ridan-to`g`ri o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tomonlarning tavsiyalar ishlab chiqish, o`zaro tajriba, bilim va innovatsion g`oyalar almashish sohasidagi o`zaro hamkorligini yo`lga qo`yish.

Ushbu memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo`nalishlar bo`yicha hamkorlik qiladilar:

— Bevosita hamkorlik aloqalarini o`rnatish;

— Startap-ekotizimni rivojlantirish masalalari bo`yicha tajriba almashish;

— texnologik tadbirkorlik sohasidagi ilg`or tajribalar to`g`risida ma’lumot almashish;

-— har bir tomonning mavjud dasturlarini xalqarolashtirish bo`yicha hamkorlik qilish;

— xodimlarning tashriflarini osonlashtirish, shu jumladan tajriba almashish maqsadida o`quv tadbirlarini o`tkazish va boshqalar.

Seedstars World Shveytsariyada rivojlanayotgan bozorlar o`rtasida startap musobaqalarini yakuniy konferensiya bilan tashkil qilish bilan shug`ullanadi. Loyihaning asosiy maqsadi — ishsizlikni kamaytirish va o`sib borayotgan bozorlarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va investitsiyalash.

Eslatib o`tamiz, Seedstars Tashkent 2019 g`olibi hozirgi kunda IT-Parkda akseleratsiya dasturidan o`tayotgan «ArzonApteka» loyihasi bo`ldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq