Yaponiya bilan hamkorlik yanada kengaymoqda
03.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning 2-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahriga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

— O’zbekiston Yaponiya bilan strategik sheriklik munosabatlari ruhida har tomonlama o’zaro manfaatli va samarali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi — AKT vaziri Sh.Sodiqov.

Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, Yaponiya kompaniyalarida O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq