Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
03.10.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yilning 3-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiyaning Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) kompaniyasi rahbari Nobuyuki Kawabata bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019-yil 5-oktyabrgacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq