Internet Initiative Japan (IIJ) kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
03.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning 3-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiyaning Internet Initiative Japan (IIJ) kompaniyasi rahbari Koichi Suzuki bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish boʻyicha tajriba almashish va hamkorlik qilish boʻyicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq