«Polyus» ITI bilan hamkorlikning yangi bosqichi
02.10.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi «F. Stelmax nomidagi “Polyus» ilmiy-tadqiqot instituti” AJ bilan hamkorlikda Mirzacho‘l tumanidagi suvni tozalash, saqlash va suv ta’minoti avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Rossiyalik mutaxassislar va “Raqamli ishonch” jamg‘armasi ko‘magida suv tozalash tizimlarining birinchi tajriba partiyasi ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining «F. Stelmax nomidagi “Polyus» ilmiy-tadqiqot instituti” AJ bilan hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida Moskva shahrida uchrashuv o‘tkazildi va ushbu uchrashuv doirasida tomonlar:

-uy-joy-kommunal xo‘jaligi;

— sanoatda energiyani tejash va energiya samaradorligi;

— avtomobil yo‘llari va yo‘l infratuzilmasini saqlab qolishni ta’minlash;

— sog‘liqni saqlash;

— lazer va intellektual-optik asboblar ishlab chiqarish sohalarida ilmiy-texnik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va raqamli texnologiyalar va smart-texnologiyalarni joriy etishda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Xususan, korxonada ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan og‘ir va katta hajmli transport vositalarini dinamik ravishda tortish tizimlari, yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd qilish uskunalarini qo‘llash va mahalliylashtirish imkoniyatlarini batafsil o‘rganish rejalashtirilmoqda. Teletibbiyot hamkorlikning alohida yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.

«F. Stelmax nomidagi “Polyus» ilmiy-tadqiqot instituti” aksiyadorlik jamiyati lazer texnologiyalari sohasida Rossiyaning yetakchi ilmiy markazidir. U “Rostex” Davlat korporatsiyasining “Shvabe” xoldingi tarkibiga kiradi. Institut xodimlari orasida 2 akademik, 15 fan doktori (shu jumladan, 10 professor), 70 dan ortiq fan nomzodi, 20 nafar aspirant va ilmiy unvon olishga da’vogarlar mavjud.

Agentlik rahbariyatiga “Polyus” ITIning so‘nggi ishlanmalari namoyish etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha «F. Stelmax nomidagi “Polyus» ilmiy-tadqiqot instituti” aksiyadorlik jamiyati va «Raqamli ishonch» jamg‘armasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik va birgalikdagi faoliyat to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq