Oʻzbekiston terma jamoasi Robototexnika xalqaro chempionatida birinchi medalni qoʻlga kiritdi
30.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Janubiy Koreyaning Donxe shahrida oʻtkazilayotgan Robototexnika xalqaro chempionatida (International Grand D challenge 2019) ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqalarning birinchi kunini muvaffaqiyatli yakunladi. Robo scholar yoʻnalishi boʻyicha Shavkat Abdurahmonov va Xumoyun Xaydarov 3-oʻrinni egalladilar. 1-oʻrinni koreyalik, 2-oʻrinni esa ruminiyalik yosh robototexniklar qoʻlga kiritdilar.

Chempionatning Robo scholar yoʻnalishi shartlariga koʻra tibbiyot, aerokosmik texnologiyalar, yongʻin xavfsizligi, taʼlim va oziq-ovqat sanoati sohalaridan birortasi boʻyicha ikki soat davomida loyiha tayyorlanib, hakamlar hukmiga havola etilishi lozim boʻlib, bu yoʻnalishda qatnashgan hamyurtlarimiz tibbiyot sohasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan “Smart doc box” uskunasini yasashdi.

Yurtimiz terma jamoasi tomonidan taqdim etilgan yana ikkita loyiha sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritmagan boʻlsa-da, “technical award” nominatsiyasiga loyiq topildi, yaʼni texnik jihatdan ijobiy baholandi.

Chempionat davom etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq