“Oʻzbekistonda elektron sudlov: bugungi holati va 2025-yilga qadar rivojlantirish istiqbollari” xalqaro konferentsiyasi
28.09.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

27-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etilgan “Oʻzbekistonda elektron sudlov: bugungi holati va 2025-yilga qadar rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.

Yevropa va osiyolik taniqli ekspertlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekistonda hozirgi kunga qadar elektron sudlov, xususan, E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini rivojlantirish borasida erishilgan natijalar va tizimni yanada takomillashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Elektron sudlov tizimini amaliyotga keng joriy etish mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham alohida belgilangan. Shuningdek, Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 16-chi maqsadiga toʻliq mos keladi.

Yangi interfaol xizmatlar fuqarolarning sudga murojaat qilish jarayonini soddalashtirish, ularning huquq va manfaatlari ishonchli himoyasini taʼminlashga qaratilgan.

Konferentsiyada 100 nafardan ziyod mahalliy va xalqaro ekpertlar ishtirok etishdi. Xususan, Konstitutsiyaviy ishlar, islohotlarni boshqarish, tartibga solishni qisqartirish va adliya masalalari boʻyicha Avstriya fedaral vazirligidan Georg Stava, AI & BidData Solution & Consulting i ITG Solution & Consulting kompaniyasidan Veyn Yong Xong hamda Koreyaning Ilgʻor texnologiyalar istitutidan Kim Yong Sik dolzarb maʼruzalar bilan qatnashishdi.

Tadbir doirasida elektron odil sudlov tizimni tadbiq etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba oʻrganildi hamda mamlakatimizda amaliyotda qoʻllashning samarali vositalari belgilandi. Oʻzbekiston sudlov tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etishning bugungi holati, bu yoʻnalishda amaldagi qonun va qonun osti hujjatlari – muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi. “Meta” axborot vositasini sud tizimida qoʻllash va elektron axborot sudlov tizimini boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan uygʻunlashtirish masalalari qizgʻin muhokama qilindi.

Bundan tashqari konferentsiya ishtirokchilari sunʼiy tafakkur asosida ishlovchi Yevropa elektron odil sudlov tizimi imkoniyatlari, Koreya Respublikasi Oliy sudi taraqqiyotining keyingi bosqichida katta hajmdagi maʼlumotlar va sunʼiy tafakkurni tatbiq etishning oʻziga xos xususiyatlari xususida keng maʼlumotga ega boʻlishdi. Sud xodimlarini oʻqitish va tayyorlash uslublari hamda qonunchilikni takomillashtirish singari amaliy ahamiyatga ega masalalar muhokamasiga ham alohida eʼtibor berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq