Oʻzbekiston yoshlar milliy terma jamoasi Xalqaro robototexnika musobaqasiga yoʻl oldi
28.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 26-sentabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Janubiy Koreyaning Donxe shahrida 28-30-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan Robototexnika xalqaro chempionatida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Koreya Respublikasiga joʻnab ketdi.

6 ta yoʻnalish boʻyicha butun respublika boʻylab turli tanlovlarda faol ishtirok etgan 11 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan iqtidorli bolalar saralab olindi. Ular Navoi, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan.

Oʻzbekistonda robototexnika sohasida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, Xalqaro robototexnika olimpiya qoʻmitasi (International Robot Olympiad Committee, IROC) bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Eslatib oʻtamiz, Xalqaro innovatsion gʻoyalar Haftaligi “InnoWeek.uz” — 2018 doirasida tomonlar oʻrtasida Manila (Filippin) da Hamkorlik memorandumi imzolangan.

Hujjatga koʻra Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Robototexnika boʻyicha xalqaro Olimpiada qoʻmitasi — IROC ning mintaqaviy tanlovini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritadi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini shakllantirish, hamda uning xalqaro olimpiadada ishtirokini taʼminlaydi.

Loyihaning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston boʻylab iqtidorli yoshlarni aniqlab, ular oʻrtasida robototexnika musobaqalarini ommalashtirish, yoshlarni innovatsion texnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini orttirish va yoshlarda ijodiy mushohada yuritish qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq