Xou Tao, Huawei kompaniyasining Yevrosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti: O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyoti uchun mustahkam AKT bazasini yaratish
27.09.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar. Teglar:
Muallif: .

Yaqin vaqt orasida turli sohalarda AKT (axborot va kommunikatsiya texnologiyalari) keng qo‘llanilishi bilan birga, jamiyatimizda hamma narsa ongli, “hissiyot, aloqa va aql” ga ega bo‘ladi. Ushbu ulkan tarixiy jarayonda jismoniy va raqamli dunyo chuqur integratsiyani amalga oshiradi, AKT an’anaviy sanoatni har tomonlama qayta tiklaydi, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi.

Tobora, korxonalar ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish uchun bulutli xizmatlar, katta ma’lumotlar, buyumlar Interneti, shuningdek, sun’iy intellektni asosiy texnologik jarayonlar va ulanishlarni boshqarish tizimlariga kiritadilar. 5G davrining boshlanishi butun dunyo bo‘ylab ilm-fan va texnologiyalarni takomillashtirish va yangilanish sur’atini asta-sekin jadajlashtiradi, odamlar faoliyati va hayotiga chuqur ta’sir o‘tkazadi, iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini taqdim etadi, insoniyatning aqlli jamiyatga o‘tish loyihalarini belgilab beradi.

Huawei asosiy AKT infratuzilmasi va aqlli terminallarni yetkazib berishda global yetakchi sifatida – raqamli olam har bir inson, har bir oila, har bir tashkilot hayotiga aqlli dunyoni yaratish uchun kirishini ta’minlashga intiladi. Huawei kompaniyasi bir necha yillardan buyon “O‘zbekistonda O‘zbekiston uchun” faoliyat yuritib, asosiy AKT infratuzilmasini yaratishga, operatorlarga yuqori sifatli tarmoq yaratishga, korxonalarni raqamlashtirishning ilg‘or usullari bilan ta’minlashga va mahalliy sheriklar bilan O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shishda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga intilib kelmoqda.

Raqamli iqtisodiyot tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, AKT turli sohalardagi ko‘plab korxonalarga raqamli transformatsiyani amalga oshirishga imkon beradi.

Huawei va Oksford Tadqiqot Iqtisodiyot Instituti tomonidan birgalikda nashr etilgan Raqamli tarqatish to‘g‘risidagi hisobotga ko‘ra, 2025-yilga kelib, raqamli iqtisodiyot 23 trln. AQSh dollariga teng, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi hozirgi 17,1 foizdan 24,3 foizgacha ko‘tariladi deya, taxmin qilinmoqda. Dunyoda raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish uchun kommunal xizmat, transport, ishlab chiqarish, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, moliya va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan 100 milliard aloqa ulanishlar mavjud bo‘ladi. Bu vaqtga kelib, bulutli texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalar soni 85 foizni, sun’iy intellektdan foydalanuvchi korxonalar soni – 86 foizni tashkil qiladi, raqamli ma’lumotlardan foydalanuvchi korxonalar ulushi keskin 80 foizgacha oshadi. Har yili 180 milliard terabayt raqamli ma’lumotlar doimiy ravishda aqlli bo‘shliq hamda qadriyatlarni yaratadi.

Turli sohalarda AKTning keng qo‘llanilishi bilan bir qatorda, harbiy va aviatsiya kabi qimmat sohalarda raqamlashtirish boshlanadi, shundan so‘ng u barcha sohalarga tarqaladi: ijtimoiy tarmoqlar maqsadli reklama uchun raqamli ma’lumotlardan foydalanadilar, General Electric bashorat qilish uchun raqamli ma’lumotlardan foydalanadi. samolyot dvigatellarini qachon ta’mirlash kerak, raqamli ma’lumotlardan foydalangan holda, shifoxonalarda odamning ba’zi kasalliklarga chalinish vaqtini aniqlaydilar, hukumatlar “aqilli shaharlar”ni nazorat qilish uchun raqamli ma’lumotlardan qo‘llaydilar… Qanchalik uzoq vaqt ketsa, raqamlashtirish shunchalik keng tarqalgan bo‘ladi.

Yevropadagi hamda Osiyodagi turli mamlakatlar, o‘z navbatida, raqamli iqtisodiyotni qurish strategiyalarini, masalan, “Rossiya Federatsiyasining raqamli iqtisodiyoti” milliy dasturi, “Raqamli Qozog‘iston” davlat dasturi va boshqalarni taqdim etdilar va amalga oshira boshladilar, Sharqiy Yevropaning “Silikon vodiysi” deb nomlanuvchi Belarus davlati, AKTdan logistika, transport, tibbiyot, hukumat boshqaruvi, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarda keng foydalanadi.

Hozirda “Raqamli O‘zbekiston 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda va muhokama qilinmoqda. Ushbu strategiya aqlli shahar, tibbiyot, transport va boshqa sohalarda AKTni joriy etishni rag‘batlantirish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu davlatning raqamli iqtisodiyoti o‘sishiga yordam beradi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish bir qator muammolarga duch keldi, masalan, shaharlarning optik-tolali kabel bilan ta’minlanishi hali ham past darajada, simsiz keng polosali ulanish darajasi va uning tarqalish tezligi past, chekka hududlarda bazaviy tarmoq infratuzilmasiga kirish qiyin va yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi muammosi mavjud.

Katta strategiyani amalga oshirish bilan asl voqelik o‘rtasida ulkan “raqamli tafovut” yotadi, uni to‘ldirish uchun hukumat, korxonalar, operatorlar, uskunalarni yetkazib beruvchilarning birgalikdagi sa’y-harakatlari talab qilinadi, shundagina 2030-yilda O‘zbekiston turli sohalarni raqamli transformatsiyasini amalga oshirishi mumkin.

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekindagi Huawei tadqiqot markaziga tashrif buyurdi va “Huawei” asoschisi va bosh direktori Ren Zhengfey hamrohligida Huawei-ning AKT sohasidagi ilg‘or yutuqlari to‘g‘risida: bunday sohalardagi yangiliklar, 5G texnologiyalari, “xavfsiz shahar”, “aqlli shahar”, bulutli texnologiyalar, terminal operatsiyalari, shuningdek, ularni qo‘llash haqida to‘laqonli ma’ruzani tingladi. Bu Prezident Sh.Mirziyoyevning iqtisodiy fikrlariga juda mos keladi: avvalroq, u AKT sohasini rivojlantirish mamlakatning investitsiya muhiti va jamoat xavfsizligini yaxshilashning muhim omili hamda iqtisodiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri ekanligiga e’tiborni qaratdi.

Raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam AKT bazasini yaratish.

Xitoyliklarda bir maqol bor: «Agar boy bo‘lishni istasang, avval yo‘l qur». Boshqacha qilib aytganda, agar siz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni istasangiz, avvalo yuqori tezlikdagi axborot magistralini — asosiy AKT infratuzilmasini bunyod etishingiz kerak. Turli xil avtomobillar harakatlana olishi uchun, uning qoplamasi yetarlicha keng va yuqori sifatli bo‘lishi lozim.

Misol tariqasida, Xitoyni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda mobil to‘lovlar yordamida jamoat transportida, metroda, oziq-ovqat bozorlarida, supermarketlarda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. 2018-yilda Xitoyning Savdo banki 60,53 milliard mobil to‘lov operatsiyalarini amalga oshirdi, ularning miqdori 277,4 trln. yuanni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi. Mobil elektron tijorat hajmi dunyo umumiy hajmining 67 foizni tashkil etdi, 200 milliondan ortiq ijaraga olingan velosipedlar ro‘yxatga olindi. Bularning barchasi yuqori sifatli AKT tarmog‘iga bog‘liq. 2011-yildan beri Xitoy hukumati 4G tarmog‘ini rivojlantirish va optik tolali tarmoqni qurish uchun harakat qilmoqda. 2018-yil oxiriga kelib, 4G tarmog‘ining qamrovi aholining 99 foizini o‘z ichiga oldi, o‘rtacha tezlik 30 Mbit/s., optik tolali tarmoq qamrovi 96%, keng polosali foydalanuvchilar soni 73 foizga yetdi. Kelgusi besh yil uchun qurilish rejasini amalga oshirishga kelsak, Xitoy o‘z oldiga yanada ulkan maqsadlarni qo‘ydi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025-yilda uylarning 70 foizida keng polosali tarmoqlarning tezligi 100 Mbit/s.dan 1000 Mbit/s.gacha ko‘tariladi, 5G tarmog‘ining qamrovi 80 foizga o‘sadi, 1,1 milliard foydalanuvchiga xizmatlar taqdim etiladi. Shu bilan birga, 5G tarmog‘i ko‘plab korxonalarning asosiy tarmog‘iga aylanadi, bu turli sohalarning raqamli transformatsiyasini rag‘batlantiradi, 3 million ish o‘rinlari yaratilishini taxmin qilmoqda. Xitoy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, AKTning asosiy infratuzilmasi raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi.

Bugungi kunda 5G tarmog‘i tomonidan taqdim etilgan AKT misli ko‘rilmagan darajada o‘sib bormoqda. Dunyoda 36 ta tijorat 5G tarmog‘i yaratilgan, ulardan 22 tasi Huawei uskunalaridan foydalanadi. Hozirgi kunda Huawei 5G tijorat maqsadlarida foydalanish uchun 54 ta shartnoma imzoladi, bozorda 230 mingdan ortiq 5G AAU modullarini sotuvga chiqardi, bu dunyo ta’minotining 80 foizni tashkil etadi. 5G-ning asosiy texnologiyalariga, masalan, mikrosxemalar, algoritmlar, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqalarga doimiy sarmoyalar kiritish va ularni tatqiq etish tufayli Huawei yuqori sifatli 5G tarmog‘ini qurish uchun integral yechimlar yetkazib beruvchi yetakchi hisoblanadi.

Agar biz 4G tarmog‘i hayotimizni o‘zgartirgani haqida gapiradigan bo‘lsak, unda 5G jamiyatimizni o‘zgartiradi. Ma’lumotni yuqori tezlikda uzatish bizning raqamli hayotdan zavqlanishimizga imkon beradi, masalan, yuqori aniqlikdagi video, virtual haqiqat; yuqori quvvat katta miqdordagi uskunalarni ulash va buyumlar Internetini yaratish, aqlli shaharlar va aqlli transport tizimlarini faollashtirishga imkon beradi; past kechikish uzoq masofali tibbiyot va uchuvchisiz transport vositalarini boshqarishga imkon beradi.

Hozirgi vaqtda, Huawei 5G texnologiyalari sohasidagi Uztelecom, UCell, UMS, Beeline operatorlari bilan hamkorlik qilish orqali O‘zbekistonning 5G tarmog‘ining bazaviy infratuzilmasini rejalashtirish va rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Beeline Uzbekistan 5G tadqiqot dasturlarini texnologik rezervlar doirasida O‘zbekistonda yangi sanoat tarmoqlarini yaratishni jadallashtirmoqda. 25-sentabr kuni O‘zbekiston Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida (ICTWEEK 2019) Uztelecom, UCell va Huawei birgalikda 5G mobil aloqa sohasidagi so‘nggi texnologiyalar va ilovalarni namoyish etdilar.

Yuqori sifatli 4G tarmog‘i 5G rivojlanishining asosidir 5G tarmog‘ini tushunishni kuchaytirish uchun China Unicom, T-Mobile, Verizon, Vodafone, Telenor kabi yetakchi operatorlar 2/3G tarmoqlaridan 4G tarmog‘iga o‘tishni tezlashtirdilar, 16 nafar operator 2025-yilgacha 2G tarmoqlarini yopishni rejalashtirmoqdalar. O‘zbekiston 5G tarmog‘ini yaratishning dastlabki bosqichida, unga poydevor qo‘yish, 5G ga tayyor bo‘lgan yuqori sifatli 4G tarmog‘ini qurish kerak.

Raqamli iqtisodiyot uchun mutaxassislarni tayyorlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash

Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar bilan uzviy bog‘liqdir. Huawei doimo texnologik innovatsiyalarga katta e’tibor qaratadi, har yili tadqiqot va rivojlanish uchun 15-20 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflaydi, ularning 20-30 foizi kompaniyaning rivojlanishi uchun jiddiy kafolatlar beradigan asosiy tadqiqotlarga to‘g‘ri keladi. Huawei uzoq vaqtdan beri AKT sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga mablag‘ kiritib kelmoqda. So‘nggi yillarda kompaniya “Kelajak uchun urug‘lar” loyihasi, HAINA akademiyasi (Huawei Authorized Networking Academy) bazasida AKT bo‘yicha treninglar, talabalar uchun qo‘shma laboratoriyalar, dasturlar va stajirovkalarni amalga oshirmoqda. Universitetlar AKT sohasida 2 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorladilar. Kelgusida Huawei Yevropa va Osiyoda kadrlar tayyorlashga investitsiyalarni ko‘paytirishni davom ettiradi, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan innovatsion tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantiradi, bu barcha tomonlar uchun foydali bo‘ladi va qabul qiluvchi mamlakatlarning innovatsion salohiyatini asta-sekin oshiradi.

Ochiq hamkorlik barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning kalitidir. Shu munosabat bilan biz o‘zaro manfaatli hamkorlikka qat’iy amal qilamiz, mijozlar, hokimiyat va sanoat tashkilotlari bilan yaqin aloqada bo‘lamiz, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada bardoshli, moslashuvchan, progressiv sanoat ekotizimini yaratamiz.

O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining vositachisi va ishtirokchisi sifatida, Huawei O‘zbekiston bilan birgalikda yuqori sifatli bazaviy AKT infratuzilmasini yaratish, operatorlar va turli sohalarning raqamli transformatsiyasini rag‘batlantirish, rivojlanayotgan raqamli ekotizimni rivojlantirish va O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini muvaffaqiyatli amalga oshirishga hissa qo‘shishni istaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq