TATU o’qituvchilari AQSHda Blockchain texnologiyasi asoschisi bilan uchrashdi
27.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ma’lum qilganimizdek, Muhammad Аl-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti, axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʼqituvchisi T. Xoʼjaqulov, hamda Kompyuter injiniringi fakulteti dekani muovini X.Jiyanbekovlar joriy yilning 16-22- sentabr kunlari “ORACLE AMERICA INC.” kompaniyasi taklifiga asosan AQSHning Kaliforniya shtati San — Fransisko shahrida «ORACLE OPEN WORLD 2019» konferensiyasi va “Oracle Code One” seminar-treninglarida ishtirok etdilar.

Ushbu seminar-trening davomida professor-o’qituvchilar AQShda Blockchain texnologiyasining rivojlanish tarixi bilan tanishdilar. Shuningdek blockchain texnologiyasiga oid bir qator ilmiy maqolalar va kitoblar muallifi, AQShdagi “Blockchain” daholaridan biri janob Rajan Kashyap bilan uchrashib respublikamizda blockchain texnologiyasini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Shu bilan bir qatorda janob Rajan Kashyap ushbu uchrashuvda o’zining Blockchain texnologiyasiga bag’ishlangan yangi nashrdan chiqqan kitobini TATUdan tashrif buyurgan mutaxassilarga sovg’a qildi!

Uchrashuv do’stona ruhda o’tdi. Janob Rajan Kashyap kelgusida Blockchain texnologiyasiga oid har qanday tashabbus va loyihalarni qo’llab-quvvatlashi va hamkorlikka tayyor ekanligini aytib o’tdi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, Rajan Kashyap bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida inqilobiy natijalarni berayotgan blockchain texnologiyasi asoschilaridan biridir. Janob Rajan Kashyapning blockchain texnologiyasiga oid kitoblari dunyoga mashhurdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq