IHT davlatlari orasida ilk bor xalqaro robototexnika musobaqasi Toshkent shahrida oʻtkaziladi
27.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «INNOWEEK» innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida Toshkent shahrida «International Robotics Challenge 2019» (IRC 2019) xalqaro robototexnika musobaqasi o’tkaziladi.

Musobaqa haqida

“IRC 2019” joriy yilning 28-oktyabrdan 31-oktyabrgacha «Uzexpocentre» ko’rgazmalar markazida bo’lib o’tadi. Musobaqada ikki yosh toifasi mavjud:

9 yoshdan 16 yoshgacha (Junior) va 17 yoshdan 23 yoshgacha (Senior). Har bir yosh toifasi turli tanlovlardan iborat. Musobaqaning umumiy qoidalari va tanlovlar reglamentlari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

Kegelring, Waste sort out

“Junior” yosh toifasi jamoalari o’rtasidagi tanlovlar ro’yxati:

— “Kegelring” >>> Musobaqa rasmiy nizomi

— “Waste sort out” >>> Musobaqa rasmiy reglamenti

— «Robo-Sumo» >>> Robo Sumo musobaqasining rasmiy reglementi

“Senior” yosh toifasi jamoalari o’rtasidagi tanlovlar ro’yxati:

— Robo-Sumo >>> Qoidalar

— Robo-Futbol >>> Qoidalar

“Junior” yosh toifasi uchun:

“Junior” yosh toifasi uchun musobaqa Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, ushbu toifada istalgan mamlakat vakillari ishtirok etishlari mumkin. “Kegelring” musobaqasida ishtirokchilar o’zlari bilan o’zini o’zi boshqaruvchi avtomatik robotlarni olib kelishlari kerak bo’ladi. “Waste sort out” musobaqasida robotlar masofadan turib boshqariladi. Ikkila musobaqa turida ham robotlar istalgan materialdan yasalishi mumkin, lekin hajm va o’g’irlik meyorlari mavjud. Barcha qo’yilgan talablar haqida musobaqalar reglamentlari orqali bilib olishingiz mumkin.

“Junior” yosh toifasida ishtirok etmoqchi bo’lgan mahalliy va chet el nomzodlari quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tadilar. >>> Roʼyxatdan oʼtish

“Senior” yosh toifasi uchun:

“Senior” yosh toifasi O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Ilmiy va texnologik hamkorlik bo’yicha doimiy qo’mitasi (COMSTECH) bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo’lib, “1st OIC Robotics Challenge Uzbekistan” nomi ostida bo’lib o’tadi. Ushbu toifada IHTga a’zo mamlakat vakillari ishtirok etishadi. “Robo-sumo” musobaqasida ishtirokchilar o’zlari bilan o’zini o’zi boshqaruvchi avtomatik robotlarni olib kelishlari talab etiladi. “Robo-football” musobaqasida robotlar masofadan turib boshqariladigan bo’ladi. Ikkala musobaqa turida ham robotlar istalgan materialdan yasalishi mumkin, lekin hajm va o’g’irlik meyorlari mavjud. Barcha qo’yilgan talablar haqida musobaqalar reglamentlari orqali bilib olishingiz mumkin.

“Senior” yosh toifasida ishtirok etmoqchi bo’lgan mahalliy nomzodlar quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tadilar. >>> Ro’yxatdan o’tish

“Senior” yosh toifasida ishtirok etmoqchi bo’lgan chet ellik nomzodlar quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tadilar. >>> Ro’yxatdan o’tish

Ishtirokchilar:

IRC musobaqasi barcha uchun ochiq. Biroq, har bir musobaqa turida ishtirok etadigan jamoalar soni uchun cheklov mavjud. Jamoa uch kishidan ko’p bo’lmagan bo’lishi kerak. Har bir jamoa o’zining yosh toifasidagi barcha musobaqalarda qatnashishi mumkin. Barcha ishtirokchi jamoalar 27 oktyabrdan kechikmay Toshkentga yetib kelishlari lozim. Ishtirok etmoqchi bo’lgan jamoalar birinchi navbatda yuqoridagi havolalar orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlari talab etiladi.

Tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladigan xarajatlar:

— “Senior” yosh toifasidagi chet ellik ishtirok etuvchi jamoa ikki nafar a’zolarining Toshkentga kelish va qaytish xalqaro aviachiptalari (agar jamoada uchunchi ishtirokchi bo’lsa uning xarajatlari qoplanmaydi);

— Barch ishtirokchilar uchun 5 kunlik turar joy (28-31 oktyabr kunlari) va ovqatlanish bilan bog’liq xarajatlar;

— Ishtirokchilar uchun turar joyidan musobaqa o‘tkaziladigan joyga boorish va qaytish xarajatlari;

— Xalqaro ishtirokchilar uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga/dan va Toshkent Markaziy Shimoliy vokzaliga/dan transport xarajatlari.

*Barcha jamoa mentorlari, “Junior” yosh toifasidagi barcha jamoalar a’zolari safar xarajatlarini o’zlari qoplashlari kerak bo’ladi. Zaruriy hollarda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tanlov qatnashchilariga viza talablari bo’yicha yordam berishadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq