«Axborot texnologiyalari va ShHTning innovatsion rivojlanishi» forumi bo’lib o’tdi
27.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

26-sentabr kuni «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida doirasida birinchi marotaba Xalqaro biznes markazida «Axborot texnologiyalari va ShHTning innovatsion rivojlanishi» forumi bo’lib o’tdi.

Forumda xorijiy davlatlar, ShHT mamlakatlari diplomatik korpuslari, davlat organlari rahbarlari va vakillari, O’zbekiston va xorijiy IT-kompaniyalar, jamoat va ilmiy tashkilotlari ishtirok etdi.

Forumda ShHT mamlakatlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha muammolar muhokama qilindi va qo’shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishildi.

Tadbir ishtirokchilarining ta’kidlashicha, Forumning eng muhim vazifalaridan biri bu davlat organlari va IT-biznes vakillarining, shuningdek ekspertlar hamjamiyatining AKT sohasidagi milliy va mintaqaviy darajadagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha konsolidatsiyalangan pozitsiyasini shakllantirish ekanligi alohida qayd etildi.

Forumda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq