O‘zbekistonda «MGovAward» tanloviga start berildi
26.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekistonda birinchi marotaba dasturiy ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan respublika tanloviga start berildi.

26-sentyabr kuni «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida «O‘zekspomarkaz» MKK AJda «MGovAward» konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida IT-Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida O‘zbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi «mGovAward» respublika tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilindi.

Konferensiyada yuqori martabali mehmonlar, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri, janob Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy boshchiligidagi delegatsiya, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va bir qator vazirliklar rahbarlari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun.

Tanlovda talabalar 5 yo‘nalishda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin:

  1. Ta’lim;
  2. Sog‘liqni saqlash;
  3. Turizm;
  4. Transport va logistika;
  5. Biznes va G2B.

Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar bo‘ladi: bo‘lg‘usi ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi. Tanlovga arizalarni qabul qilish bugundan boshlanadi!

«MGovAward» tanlovida ishtirokchilar O‘zbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak bo‘ladi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi $100,000, shundan $50,000 birinchi o‘ringa, $30,000 ikkinchi o‘ringa va $20,000 uchinchi o‘ringa beriladi. Shuningdek, g‘oliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar!

Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq