O‘zbekistonda 5G mobil aloqa tarmog‘i joriy etildi
26.09.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

2019-yil 25-sentyabr kuni O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazmalar majmuasida «ICTWEEK Uzbekistan AKT haftaligi» doirasida o‘tkaziladigan an’anaviy ICTEXPO axborot kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

16-marta tashkil qilinayotgan ICTEXPO ko‘rgazmasi mamlakatimiz va xorijdagi yuqori texnologiyalar sohasi yetakchi vakillarni bir joyga to‘pladi.

Prezidentimizning O‘zbekistonda 5G mobil aloqa tarmog‘ini joriy etish to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash doirasida «Coscom» MChJ ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha inqilobiy hisoblangan mobil aloqaning beshinchi avlod texnologiyalari tarmog‘i – 5G’ni sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Bugun poytaxtimizning “O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasida start berilgan “ICTWEEK Uzbekistan” AKT haftaligi doirasida har yili o‘tkaziladigan ICTEXPO axborot va kommunikatsiya texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida Ucell ishtirokchilar hamda mehmonlar uchun yangilik taqdim etdi.

Bugun boshlangan ICTEXPO axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida Ucell kompaniyasining ko‘rgazma stendida 5G beshinchi avlod istiqboli porloq, tezkor, keng polosali va simsiz ulanish texnologiyasining mobil uyali radio aloqa tarmog‘ini ishga tushirish uchun ramziy tugmasi bosildi.

Ushbu marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Ucell stendi pavilon bo‘ylab tanishuv safari davomida ramziy boshlash tugmachasi bosilib, ko‘rgazma mehmonlariga 5G videolari bilan tanishish va uning imkoniyatlarini sinab ko‘rish imkoniyati taqdim etildi. Ucell stendida VR ko‘zoynaklari ham namoyish etildi. Mehmonlar uning yordamida 5G texnologiyalaridan foydalangan holda virtual reallik bilan tanishdilar.

Soha rahbari hamda haftalik mehmonlari: Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan, Amiti universiteti prezidenti Atul Chauxan, ASHH ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Nurudin Muhitdinovlar ko‘rgazma stendlari bilan tanishib chiqishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq