Farg‘ona viloyatida “ICTWEEK Uzbekistan – 2019” haftaliklari bo‘lib o‘tmoqda
26.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“ICTWEEK Uzbekistan 2019” haftaligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Farg‘ona tumanidagi 28- hamda 9-umumta’lim maktablariga 10 tadan 20 dona zamonaviy kompyuterlar va printerlar taqdim etildi.

Shuningdek, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan sinf xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “ICTWEEK Uzbekistan – 2019” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni keng jamoatchilikka namoyish etish va ularni muhokamalardan o‘tkazishdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq