Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Belarusiyaning “Elektron xizmatlar milliy markazi” bilan hamkorlik o‘rnatmoqda
26.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) binosida Agentlik qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK rahbariyati va “Elektron xizmatlar milliy markazi” Respublika unitar korxonasi (Belarus Respublikasi) rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida, tomonlar O‘zbekiston va Belarus Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi tajribalari bilan almashdilar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, tavsiyalar ishlab chiqishda, bilim va innovatsion yechimlarni almashishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida forumlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, elektron hukumatning axborot tizimlarini yaratish, joriy etish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, maslahatlar berish yuzasidan hamkor faoliyatni amalga oshirish, biznes jarayonlarni qurish sohasida ma’lumot va tajriba almashish kabi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq