Elektoron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi “ICTWEEK Uzbekistan-2019”da ishtirok etdi
26.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi ICTWEEK Uzbekistan-2019 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida ishtirok etmoqda. Markaz xodimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangilangan versiyasini taqdim etishdi, ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarni elektron xizmatlar bilan tanishtirishdi, “One ID”, elektron raqamli imzo (ERI), jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasiga oid savollarga javob berishdi. Bundan tashqari, ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar uchun esdalik sovg‘alari bilan viktorinalar tashkillashtirildi, viktorinalar ko‘rgazmaning barcha kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ICTWEEK Uzbekistan-2019 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 25-sentabrdan 27-sentabrgacha O‘zEkspomarkazda o‘tkazilib, O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi har yili o‘tkaziladigan eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Haftalik doirasida sammit, forum, ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasi hamda boshqa bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlar, taqdirlash marosimlari, taqdimotlar va aksiyalar o‘tkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq