DIGITAL UZBEKISTAN – Forumi bo‘lib o‘tdi
26.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

25-sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2019” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tabrik so‘zi bilan qutladi.

Belarusiya va O’zbekiston o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yaqin hamkorlikni yanada davom ettirish maqsadida, Belarusiya Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot beradi.

Shu bilan birga, Belarusiya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Ukraina, Janubiy Koreya davlatlari vakillari ham ishtirok etdi. Forumda IT-kompaniyalarning taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi.

Forum axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.

Forumda qarama-qarshiliklar tahlil qilindi, uning rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholandi. Tadbirda davlat organlari rahbarlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilot rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uning qayd etishicha, mazkur forum axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyatni raqamli shakllantirish masalalarini hal etishga o’zining munosib hissasini qo’shib, jahon axborot makonida O’zbekistonning pozitsiyasini mustahkamlashga o‘z hissasini qo’shadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq