Davlat soliq qo‘mitasi IT-texnologiyalari bo‘yicha eng so‘nggi loyihalarini taqdim etmoqda
26.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlat soliq qo‘mitasi har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida faol ishtirok etib, unda soliq ma’muriyatchiligida IT-texnologiyalarini joriy etish borasidagi yutuqlarni namoyish etadi.

Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan «ICTWEEK UZBEKISTAN-2019» ko‘rgazmasida xalqaro jamoatchilikka taqdim etishni rejalashtirgan soliq ma’muriyatchiligining biznes jarayonlarini qayta rejalashtirishni hisobga olgan holda, yangi axborot tizimlarini yaratish, shuningdek, soliq organlarining mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tadbirkorlik sub’ektlari uchun elektron hisobvaraq-faktura tizimi, onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, rasmiy veb-saytning yangi versiyasi, “SOLIQ” mobil ilovasi soliq organlarining elektron xizmatlaridan, shu jumladan, soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali foydalanishga imkon beradigan loyihalar taqdimoti o‘tkaziladi.

AKT haftaligi doirasida Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat-kassa mashinasi orqali beriladigan xarid cheki asosida qimmatbaho sovg‘alarni o‘z ichiga olgan yutuqli o‘yinlarni tashkil etadi. Ushbu yutuqli o‘yinda “SOLIQ” mobil ilovasi yordamida ishtirok etish mumkin. 25-sentabrdan o‘z ishini boshlagan ICTEXPO-2019 ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, ushbu yutuqli o‘yinlar ishtirokchisiga aylaning va 27-sentabr kuni o‘tkaziladigan yutuqlarni topshirish marosimining baxtli egasi bo‘ling!

Yutuqli o‘yinda ishtirok etish tartibi:

Davlat soliq qo‘mitasi uchun ajratilgan ko‘rgazma joyidan yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun namuna chekini olish talab etiladi.

Ushbu chekni yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Bunda Google Play dasturi orqali my-soliq ilovasini yuklab olib, mobil telefoningizga o‘rnating va ilova orqali namuna chekidagi QR-kodni skaner qiling. Shundan so‘ng F.I.Sh. va telefon raqamingizni kiritish orqali SMS shaklida yuborilgan tasdiqlovchi kodni mobil ilova orqali jo‘nating va sovg‘aga ega bo‘ling.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq