«ICTWEEK Uzbekistan 2019» AKT haftaligi doirasida «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi va boshqa bir qator tadbirlar Farg‘ona shahrida ham bo‘lib o‘tmoqda
25.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 24-sentabr kuni Toshkent va Farg‘ona shahrida «ICTWEEK Uzbekistan 2019» haftaligining rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi 25 – 27 sentabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» MKM hamda Farg‘ona shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali binosida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchilari «CIB GROUP”MChJ, Bosh homiy — HUAWEI kompaniyasi. Homiy Softline kompaniyasi. Strategik sherik — IT PARK. Texnik homiy – «O‘zbektelekom» AK. Umumiy ma’lumot bo‘yicha sherik — MY5 kanali.

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlgining vakili Fayzulla Aripjonov ochdi.

So‘ng vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Xalimjon Qurbonov, «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali direktori Vladimir Ejkovlar so‘zga chiqdilar.

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar haftalik doirasida o‘tkaziladigan muhim tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. «ICTWEEK» dasturida yana bir tadbir — WESG kibersport bo‘yicha jahon chempionatining milliy saralash bosqichi o‘tkaziladi. Matbuot anjumanida bu haqda Kibersport federatsiyasi prezidenti Azizbek Fattoxov so‘zlab berdi.

Matbuot anjumani yakunida Elyor Exsonov, Odiljon Jalolov, Muqaddas Shokirova kabi jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Farg‘ona shahrida o‘tkaziladigan «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasini Toshkent shahridan turib, Teleko‘prik orqali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ochib berdi.

Toshkent shahrida «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi, «DIGITAL UZBEKISTAN» hamda «Innovatsion texnologiyalar va ShHTning innovatsion rivojlanish» forumlari, «MGov Award» hamda «Softline Cybersecurity Day» konferensiyalari va qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bir paytning o‘zida «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi va boshqa bir qator tadbirlar Farg‘ona shahrida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmada axborot texnologiyalar va xizmatlar bozorida taqdim etilgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmada mahalliy va xalqaro kompaniyalar ishtirok etadi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi Aholi va yoshlarga kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019-yil 13-avgustdagi 296-F-son farmoyishiga asosan AKT haftaligi doirasida, “Bolalarga – axborot texnologiyalari” aksiyasi asosida Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanidagi 9-umumta’lim maktabi hamda 28-umumta’lim maktabiga homiylik asosida har biriga 10 donadan kompyuter va 1 dona MFU printer, optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezikdagi 1 yil muddatda bepul yuqori tezlikdagi internet xizmati taqdim etildi. Maktablarga borib tantanali ravishda kompyuterlar topshirildi.

ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi Farg‘ona shahrida 25 – 27-sentabr kunlari turli tadbirlar bilan davom etadi.

Hafiza Salyahova, jurnalist.
Farg‘ona shahri

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq