“ICTWEEK” 2019: Huawei raqamli O‘zbekistonni qurishda barcha hamkorlarni faollikka chorlaydi
25.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekistonda “ICTWEEK 2019” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi. Huawei kompaniyasi har yili o‘tkaziladigan tadbirning doimiy ishtirokchisi sifatida o‘zining innovatsion yechimlari: 5G texnologiyalari va dastur sohalari, mavjud AKT infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yechimlar, «xavfsiz» va «aqlli» shaharlar uchun ishlanmalar, mobil qurilmalarning so‘nggi yangiliklari va yana boshqa ko‘plab loyihalarni AKT forumi va ko‘rgazmada taqdim etadi.

Bu yil Huawei “ICTWEEK 2019” Bosh homiysi bo‘lib, hafta davomida tashkil etilgan asosiy tadbirlarda ishtirok etadi. “Digital Uzbekistan” forumida Huawei kompaniyasini Yevroosiyo mintaqasidagi spikerlar taqdim etadilar hamda mamlakat infratuzilmasini modernizatsiya qilish, 5G texnologiyalarini qo‘llash va O‘zbekiston uchun elektron sog‘liqni saqlash loyihasini yoritadilar.

Huaweining Yevroosiyodagi strategik marketing bo‘yicha ijrochi direktori Dmitriy Polpudenkoning ma’ruzasi tadbirning eng e’tiborga molik voqeliklaridan sanaladi. Unda Dmitriy AKT infratuzilmasini mustahkamlash va ushbu tajribani Respublikada qo‘llash yo‘llari bo‘yicha xalqaro tajriba misollarini ochib berdi. Asosiy stansiyalar zichligini oshirish, optik tola qoplamasini ko‘paytirish, milliy ma’lumotlar markazlarini qurish, hamkorlar bilan mustahkam eko-tizimni yaratish – bularning barchasi O‘zbekiston AKT indeksining o‘sishiga ko‘maklashishi va mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

AKT ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar “Atrium” zalida Huawei kompaniyasining stendidagi yechimlar va mahsulotlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Bu yerda bulutli hisoblash, katta ma’lumotlarni tahlil qilish, sun’iy intellekt va buyumlar Interneti kabi axborot texnologiyalari integratsiyasi asosida shahar infratuzilmasini boshqarish loyihasining demo versiyasi ham taqdim etilgan. Ko‘rgazmada Huawei kompaniyasining mutaxassislari 5G texnologiyasini turli sohalarda qo‘llashning innovatsion usullarini namoyish etib, uning tijorat maqsadlarida foydalanish istiqbollarini ochib berishdi. 5G tarmoqlarini joylashtirishdan asosiy maqsad – mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va sanoatning raqamli transformatsiyasini kengaytirishdir.

Huawei kompaniyasi respublikada AKT sohasidagi asosiy tadbirlardan birining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. Biz AKT sanoatining bir qator vakillari, shuningdek, tashrif ishtirokchi kompaniyalar va hamkorlarning soni yildan-yilga o‘sib borayotganidan xursandmiz, shu bilan birgalikda, hukumat va raqamli xizmatlarning oxirgi foydalanuvchilari tomonidan innovatsiyalar va texnologik tendensiyalarga qiziqish bildirilmoqda. Barchani Huawei kompaniyasining stendiga taklif qilamiz. Bu yerda qanday innovatsion texnologiyalar intellektual O‘zbekistonni birgalashib qurishga yordam berishini bilib olish mumkin», — dedi bosh direktor Lyu Szyasin.

Namoyish zonasida iste’molchilar uchun aqlli mobil qurilmalar, jumladan, kompaniyaning so‘nggi yangiliklari taqdim etiladi. Har bir qatnashchi HUAWEI flagmanlarini sinab ko‘rishi, ularning dizayni va funksionalligini baholashi mumkin. Asosiy o‘rinlardan birini HUAWEI Balong 5000 5000 protsessorida ishlaydigan, 5G tarmoqlari davrini ochadigan hamda HUAWEI Mate X smartfonidan foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan Mate X egallaydi.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 19 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda, ushbu davr mobaynida kompaniya O‘zbekiston Respublikasi AKT infratuzilmasini qurish va modernizatsiya qilishda bevosita ishtirok etdi. Bugungi kunda mobil va statsionar aloqa operatorlarining AKT infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qator yirik loyihalar amalga oshirildi. ICTWEEK 2019 25-27 sentabr kunlari bo‘ladi, Huawei ko‘rgazma stendi O‘zekspomarkazning barcha tashrif buyuruvchilariga AKT haftaligida ochiq turadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq