«ICTWEEK Uzbekistan 2019» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi
24.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 24-sentyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalqaro savdo markazi (ITC)da «ICTWEEK Uzbekistan 2019» haftaligining rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi.

Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, «ICTWEEK Uzbekistan 2019» tashkiliy qo‘mitasi raisi Olimjon Umarov so‘zga chiqdi.

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar haftalik doirasidagi muhim tadbirlar va jihatlarga urg‘u berishdi.

Toshkent shahrida «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi, «DIGITAL UZBEKISTAN» hamda «Innovatsion texnologiyalar va ShHTning innovatsion rivojlanish» forumlari, «MGov Award» hamda «Softline Cybersecurity Day» konferensiyalari va qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bir paytning o‘zida «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi va boshqa bir qator tadbirlar Farg‘ona shahrida ham bo‘lib o‘tadi.

Ertangi forumni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hamda Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan kirish so‘zlari bilan ochib berishi kutilmoqda.

Forumda O‘zbekistondan tashqari, Belarus, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Ukraina, Janubiy Koreya kabi mamlakatlardan ma’ruzachilar ishtirok etadi. Elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, raqamli sog‘liqni saqlash, raqamli ta’lim, narsalar interneti, 5G va albatta startaplar kabi eng ilg‘or va dolzarb mavzular kun tartibidan o‘rin oladi.

«ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi 25—27-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» MKM hamda Farg‘ona shahridagi TATU Farg‘ona filialida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada axborot texnologiyalar va xizmatlar bozorida taqdim etilgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. Ushbu ko‘rgazmada mahalliy va xalqaro kompaniyalarga joy ajratilgan.

Jahonning yetakchi telekommunikatsiya brendlari, yoritish va elektr jihozlarini etkazib beruvchilari va ishlab chiqaruvchilari, uyali telefon ishlab chiqaruvchilari, mamlakatimizning yetakchi telekommunikatsiya operatorlari, axborot portallari va internet-do‘konlari, davlat idoralari va boshqa kompaniyalarning uskunalari namoyish etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi, mamlaktimizning ta’lim, pochta aloqasi sohasidagi tizim integratorlari va IT-kompaniyalari, shuningdek AKT sohasidagi oliy o‘quv yurtlari qatorida Rossiyaning yetakchi sun’iy yo‘ldosh aloqasi operatori ham ko‘rgazmada qatnashadi

Ko‘rgazmaning dastlabki ikki kuni — 25 va 26-sentyabr kunlari B2B formatida — ishbilarmonlar uchun, uchinchi kuni — 27-sentyabrda B2C formatida — foydalanuvchilarga bag‘ishlangan.

O‘zbekistonda birinchi marta Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida «MGov Award» davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi. Sog‘liqni sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm, tadbirkorlik, transport va logistika sohalaridagi ishlanmalar qabul qilinadi. Musobaqaga rasman joriy yilning 26-sentyabrida «O‘zekspomarkaz» MKMning anjumanlar zalida start beriladi.

Bu yilgi haftalikda birinchi marta (26-sentyabr kuni Xalqaro biznes markazida) «Axborot texnologiyalari va ShHTning innovatsion rivojlanishi» forumi bo‘lib o‘tadi. E’tiborli jihati, bu Shanxay hamkorlik tashkilotining ilk innovatsion forumi ham bo‘lib, an’anaviy davom ettirib borilishi renjalashtirilgan.

Forum ishtirokchilari — xorijiy davlatlar, ShHT mamlakatlari diplomatik korpuslari, davlat organlari rahbarlari va vakillari, O‘zbekiston va xorijiy IT-kompaniyalar, jamoat va ilmiy tashkilotlar — ShHT mamlakatlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muammolarni muhokama qilish va qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Bu forumning eng muhim vazifalaridan biri bu davlat organlari va IT-biznes vakillarining, shuningdek ekspertlar hamjamiyatining AKT sohasidagi milliy va mintaqaviy darajadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha konsolidatsiyalangan pozitsiyasini shakllantirishdir.

«ICTWEEK» dasturida yana bir yangi tadbir — WESG kibersport bo‘yicha jahon chempionatining milliy saralash bosqichi o‘tkaziladi. O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekiston kibersportlari professional ligasining yakuniy bosqichida ko‘rgazmalar ham bo‘lib o‘tadi. Respublika bosqichi grand-finali 27-sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq