UZCARD ga oʻtkazmalar uchun 10% gacha keshbek
23.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

UNISTREAM va “UZCARD” (OʻZBEKISTON) Banklararo toʻlov tizimi Birgalikdagi Aksiyani oʻtkazmoqda: UZCARD ga OʻTKAZMALAR UCHUN 10% gacha KESHBEK.

Birgalikdagi aksiyani oʻtkazish davri: 2019 y. 16-sentabrdan 2019 y. 15-dekabrgacha.

Birgalikdagi aksiya Oʻzbekiston Respublikasidan tashqari, UNISTREAM pul oʻtkazmalari xalqaro tizimi mavjud boʻlgan hududda oʻtkaziladi.

Uzcard kartalariga oʻtkazmalar hamkorlarning ofisida

Birgalikdagi aksiyada ishtirok etish shartlari: Birgalikdagi aksiyani o‘tkazish davrida UNISTREAM pul oʻtkazmalari xalqaro to‘lov tizimi orqali Uzcard kartasiga 500 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordagi summani o‘tkazib, keshbekni olishga nomzod bo‘lish mumkin.

Keshbekni hisoblash:

Mijozga oʻtkazma summasidan 10% gacha keshbek hisoblanadi, lekin, 3-chi oʻtkazmadan boshlab, Birgalikdagi aksiyani oʻtkazish davri mobaynida 300 000 soʻmdan ortiq emas. Keshbek har hafta Yunistreamni oxirgi oʻtkazmasida koʻrsatilgan Uzcard kartasiga hisoblanadi.

Birgalikdagi aksiya yakunlariga koʻra qoʻshimcha keshbek hisoblanadi:

Uzcard kartasiga umumiy summasi yoki miqdori boʻyicha eng koʻp pul oʻtkazmalarini joʻnatgan uchta eng faol ishtirokchilarga 2 500 000 soʻm, 1 500 000 soʻm va 1 000 000 soʻm. Birgalikdagi aksiya gʻoliblari Birgalikdagi aksiya oʻtkazilishi yakunlangandan keyin 10 ishchi kuni mobaynida xabardor qilinadi. Gʻoliblarga keshbek Yunistreamni oxirgi oʻtkazmasida koʻrsatilgan Uzcard kartasiga hisoblanadi.

Birgalikdagi aksiya tashkilotchilari: “UNISTREAM” TIJORAT BANKI AKSIYADORLIK JAMIYATI, Rossiya Banki litsenziyasi № 3467 11-sentabr 2015 y., Rossiya Federatsiyasi, Moskva sh. va “UZCARD” Banklararo toʻlov tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., birgalikda, “Tashkilotchilar”.

Tomonlarning huquq va majburiyatlari:

Tashkilotchilar mazkur Birgalikdagi aksiyaning har qanday shartlarini oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek, oʻz ixtiyoriga koʻra har qanday qoʻshimcha shartlarni kiritish huquqini oʻzida qoldiradi. Tashkilotchilar tomonidan Birgalikdagi aksiya shartlariga kiritiladigan, yuqorida koʻrsatilgan barcha oʻzgarishlar, Birgalikdagi aksiya shartlarini istisnolari yoki qoʻshimchalari, ular Tashkilotchi tomonidan eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida kuchga kiradi va Birgalikdagi aksiyaning oʻzini toʻliq bekor qilinishini nazarda tutmaydi.

Bunday oʻzgarishlar kiritilganida Birgalikdagi aksiya ishtirokchilari Tashkilotchilardan qandaydir kompensatsiyalarni talab qilishga haqli emas.

* Sovrin fondining summasi cheklangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq