Innovatsiya vazirligi Global Robot Business Forum-2019 da ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qiladi
23.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Daegyeong Robot Enterprise Promotion Association (REPA) bilan hamkorlikda Tegu shahrida (Koreya) boʻlib oʻtadigan “Global Robot Business Forum-2019” da ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Forum 2019-yil 5-noyabrdan 8-noyabrgacha davom etadi. Tadbirda butun dunyodan robototexnika sohasida yetakchilik qilayotgan kompaniyalarning 400 dan ortiq rasmiy vakillari ishtirok etadi. Tanlovda robototexnika bilan shugʻullanadigan va 18 yoshga toʻlgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Tadbir dasturi:

— Daegu Global Robot Business Forum;

— The Night of Global Robots 2019;

— “DGIST” simpoziumi;

— Global Robot Cluster Regular General meeting;

— “Related Organization” va “Local Cultural Facilities” ga safar;

— Xayrlashuv kechki ovqati;

— Tegu va Andon shaharlari boʻylab kechki tur;

Koreya tomoni quyidagi xarajatlarni moliyalashtiradi:

— Turar joy;

— Koʻrgazma pavilyoni;

— Oziq-ovqat, transport va tarjimon xizmatlari (koreys tilidan ingliz tiliga).

Forum tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistondan Koreyaga uchish va shu bilan bogʻliq xarajatlar moliyalashtirilmaydi (oʻz-oʻzini taʼminlash).

Arizalarni joriy yilning 24-sentyabrigacha topshirish mumkin.

Forumda roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://forms.gle/K7eVEFB2JkEijedM9

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq