Yandex Toshkentda transport harakatini ko’rsata boshladi
19.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex.Xaritalar shahar avtobuslarining Toshkentdagi harakatini ko’rsata boshlashdi. Endi kerakli transport qayerda harakatlanayotganini va qancha vaqtdan so’ng kelishini bilish oson. Masalan, yomon ob-havo sharoitida avtobusni bekatda kutmay, uning aynan yaqinlashish vaqtida bekatga kelishingiz mumkin.

Avtobuslarining harakatini kuzatish uchun, transportni namoyish qilishni yoqishingiz kerak — buni mobil ilova va Xaritalar veb-versiyasida qilish mumkin. Android ychun ilovaning so’ngi versiyasi o’zbek tilini qo’llaydi — u telefonda o’zbek tili tanlanganida paydo bo’ladi. Yaqinda bunday imkoniyat iOS da ham bo’ladi. Veb-versiyada (http://yandex.uz/maps) til pastki o’ng qismida o’zgartiriladi.

«Biz uchun, O’zbekiston aholisiga Yandex.Xaritalardan foydalanish qulay bo’lishi muhim. Shuning uchun biz xizmatni butunlay o’zbek tiliga o’girdik va xaritaga harakatlanuvchan transportni qo’shdik. Avtobuslarining qayerda harakatlanayotganini aniqlashdagi ma’lumotlarni olishda, bizga Toshkent hokimiyati va «Toshshahartransxizmat» yordam berishadi», — deydi Yandex ning O’zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

Hozirda Yandex Toshkentdagi deyarli barcha davlat avtobuslarini ko’rsatmoqda. Ilovada ular maxsus belgilar bilan belgilangan. Xaritada siz, avtobusning real vaqtdagi turgan joyini ko’rishingiz mumkin, agarda bekat belgisini bossangiz — u necha daqiqadan so’ng kelishini ko’rishingiz mumkin. Ma’lumot har 30 soniyada yangilanib turadi, biroq bashorat qilish algoritmi tufayli belgilar ohista siljiydi.

Bekat belgisiga bosishda Yandex.Xaritalar, undan o’tuvchi barcha transport raqamlari ro’yhatini ko’rsatadi. Ilovadan foydalanib, siz kerakli nuqtagacha yo’lni davom ettirishingiz mumkin bo’ladi. Bu notanish hududdan qanday chiqib ketish, yoki shaharning boshqa chekkasidagi bozorga qanday borishni aniqlash uchun as qotadi.

Toshkent Yandex.Xaritalar transport harakatlanishining real vaqtda ko’rsatadigan O’zbekistondagi birinchi shahar bo’ldi. Dunyo bo’ylab bunday shaharlar 90 tadan oshiq — Rossiyada, Belorusiya, Qozog’iston, Yevropa va Amerikaning boshqa davlatlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq