Yandex.Taxi servisi Farg’ona va Marg’ilonda ishga tushurildi
19.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugun Yandex.Taxi Farg’ona va Marg’ilonda ishlashni boshladi. Mashinaga buyurtma berish uchun, ilovani yuklab olish, uni ochish va qayerga borish kerakligini ko’rsatish zarur.

Geolokatsiya yoqilganda servisning o’zi foydalanuvchi qayerda turganini aniqlaydi va eng tez yetib keladigan haydovchini topadi.

Safarlarning qiymati 2000 so’mdan boshlanadi. Masalan, aeroportdan «Ostrov sokrovish» restoranigacha safar taxminan 3300 so’m, Sayilgoh ko’chasidagi «Makro» supermarketidan Marg’ilon oziq-ovqat bozorigacha- 7000 so’m atrofida bo’ladi. Bu ikkala shahar uchun ham eng yaxshi taklif.

«Biz mashinaga buyurtma berish nafaqat poytaxtda mavjud va qulay bo’lishini xohlaymiz. Farg’ona va Marg’ilon aholisi bizning ilovamiz yordamida buyurtma berish jarayonini to’liq nazorat qilishlari va haydovchi yo‘lovchini olish joyiga kelayotganini hamda u hozir qayerda ekanligini ko’rishlari mumkin bo’ladi»,- deydi Yandex.Taxining O’rta Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo’yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

Yandex.Taxida Farg’ona va Marg’ilonda ham, boshqa shaharlarda bo’lgani kabi, o’zining haydovchilari va mashinalari bo’lmaydi. Kompaniya mahalliy yo’lovchi tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi.

Ilovada tunu-kun ishlaydigan onlayn Qo’llab- quvvatlash xizmati bor. Agar foydalanuvchining safardan ko’ngli to’lmagan bo’lsa, mashinada narsalarini unutib qoldirgan bo’lsa yoki savol berishni xohlasa- u ilova orqali Qo’llab-quvvatlash xizmati bilan bog’lanishi mumkin va u yerda,unga yordam berishadi.

Yandex.Taxi o’zining texnologiyalaridan foydalanadi: xaritalar, yo’nalishlarni tuzish, navigatsiya, buyurtmalarni taqsimlovchi aqlli tizim. Aynan texnologiyalar safarlarni foydalanuvchilar uchun ommaboproq qilishga va shu bilan birga haydovchilarni munosib daromad bilan ta’minlashga imkon beradi.

Toshkentda Yandex.Taxi 2018-yilning aprel oyida ishga tushurildi. iOS va Android uchun bepul ilova, o’zbek, rus va boshqa ko’plab tillarda mavjud.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq