UZIMEI
19.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida» 847-sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro’yxatga olish tizimi joriy etilmoqda.

2019-yil 1-apreldan O’zbekiston GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini avtomatik ravishda ro’yxatdan o’tkazish tizimi ishga tushirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2019-yil 17-sentyabrdagi 778-sonli qaroriga asosan GSM standartidagi mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro’yxatdan o’tkazish tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi.

Ushbu tizim quydagi maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradi:

1. Mobil qurilmalarning o’g’rilanishini va ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish;

2. GSMA xalqaro standartlariga mos kelmaydigan, inson sog’lig’iga zarar keltiradigan sifatsiz mobil qurilmalarni sotuvini oldini olish;

3. O’zbekiston telekommunikatsiya bozorida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish;

4. Mamlakatga mobil qurilmalarni noqonuniy yo’l bilan olib kirilishning oldini olish.

Mobil qurilmalar IMEI-kodlari joriy yilning 1-noyabr oyidan tizim operatoriga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq