Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini ishga tushirildi
17.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 16-sentabr kuni raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my.gov.uz) yangilangan talqini taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Portalning yangilangan talqinining eskisidan asosiy farqi, foydalanuvchilar barcha davlat xizmatlari bilan yagona identifikatsiya tizimida majburiy avtorizatsiyadan o‘tmasdan turib, tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Endilikda, qidiruv maydonida kalit so‘zlarni kiritish va “qidirish” tugmasini bosish kifoya.

Shuningdek, portalning yangi talqini interfeysi moslashuvchan bo‘lib, har qanday mobil qurilmalar yordamida Yagona portal xizmatlaridan qulay ko‘rinishda foydalanish imkoniyati yaratildi. Buning uchun portalda faqat bir marta avtorizatsiyadan o‘tish kifoya. Portal o‘z foydalanuvchilariga 166 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish, tegishli ma’lumotlarni qidirish, tadbirkorlik masalalarini hal qilish va ko‘plab imkoniyatlarga yechim topishda keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, portaldagi o‘zgarishlar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga yangi texnologiyalarni joriy qilish, aholining davlat xizmatlaridan foydalanish va biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va Yagona integrator UZINFOCOM xodimlari hamkorlikda, AKT savodxonligini oshirish va portalning yangi imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida davlat idoralari mutaxassislari bilan birgalikda, muntazam ravishda, trening va uchrashuvlar o‘tkazib turiladi.

Shuningdek, portalning yangilangan talqini taklif va izohlarni qabul qilish yo‘li orqali uning funksional imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq