UZMOBILE 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi
17.09.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Huawei tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurib, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini joriy etishni jadallashtirish haqida ko‘rsatma bergan edi. «Yangi texnologiyalarni jalb etishdan oldin ularni ishlatuvchi mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish juda muhim. Kompaniya bilan avvalo ushbu yoʼnalish boʼyicha hamkorlik qilish, mamlakatimizda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak» — dedi davlatimiz rahbari.

Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK mutaxassislari jahonning ilg’or dasturchilari va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin hamkorlikda malaka oshirgan holda, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini joriy etishning texnik xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar.

Yangi avlod tarmoqlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida “O‘zbektelekom” AK o’zining UZMOBILE tarmog’ida sinovdan o’tkazish uchun 5G texnologiyasi bo‘yicha tayanch stansiyalarning dastlabki to‘plamlariga ega bo‘ldi. Joriy yilning 14 sentabrida uskunalar o‘rnatildi va dastlabki sinovdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirildi.

5G tarmoqlarining uskunalari “ko‘plab noortogonal (nomutanosib) kirish va Massive-MIMO” kabi eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tufayli ko‘proq o‘tkazish qobiliyatini ta’minlay oladi.

5G avlod tayanch stansiyalarini sinovdan o’tkazish NSA (Non StandAlone) tarmoq arxitekturasi qo’llanilgan holda 6 GigaGers (GGs)gacha chastotalar oralig’ida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha 5G tarmog‘ini tashkil etish bosqichlaridan biri bo‘lib, operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshiriladi va kelajakda u yanada rivojlangan, operatorga nafaqat yuqori tezlikka, balki tarmoqdagi juda past kechikish darajasiga (taxminan 1 millisekund) erishish imkonini beruvchi arxitektura — SA (StandAlone)ga takomillashtirilishi kerak.

Sinov natijalariga ko‘ra, kerakli jihozlar ro‘yxati hamda o‘rnatish joylari belgilangan UZMOBILE 5G GSM tijorat tarmog‘i loyihasi ishlab chiqiladi.

So‘ngra, taxminan bir yarim yildan ko’proq muddat talab etiluvchi 5G texnologiyasidagi UZMOBILE tijorat tarmog‘ini tashkil etish jarayoni uchun tarmoq uskunalari sotib olinadi.

5G texnologiyasi mamlakatimiz fuqarolari, korxonalar, hukumat va iqtisodiyoti uchun butunlay boshqa qiyofa aks ettirish qobiliyatiga ega. Ushbu yangi texnologiya ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, “qurilmadan-qurilmaga” to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish, kechikishlarni qisqartirish, elektrenergiya sarfini kamaytirish, hamma narsa bilan universal aloqa, mashinalararo aloqa, ultra HD 4K va 8K hamda virtual reallikning ko‘plab imkoniyatlarini ochib beradi.

5G mobil aloqa texnologiyalarining beshinchi avlodini va Internet buyumlarning (IoT) qo‘llanilishi juda ko‘p sonli ulanishlar bilan tarmoqning boshqarilishi, nazorat qilinishi va kengaytirilishini orqali amalga oshirilib, barcha sohalarni tarmoqning intellektual funksiyalari bilan ta’minlaydi.

5G texnologiyasining joriy etilishi UZMOBILE Milliy uyali aloqa operatoriga o‘z abonentlariga 1 Gbit/s va undan yuqori tezlikda Internetdan foydalanish imkoniyatini beradi. Yangi 5G texnologiyalari bir vaqtning o‘zida bitta tayanch stansisining ko‘p sonli abonentlariga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi va bu bilan ushbu texnologiyani, birinchi navbatda, aholisi ko‘p bo‘lgan joylarda kengaytirish oshirish uchun asosiy omil hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq