34 ming dona sim kartalarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi
16.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi o‘z vaqtida tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro L.A. boshqaruvida bo‘lgan “Volvo FH 12” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada avtotransportning texnik asbob va anjomlar saqlanadigan qismida og‘zaki so‘rovda aytilmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 60 million so‘mlik 30 ming dona xorij mobil aloqa kompaniyalarining sim kartalari borligi aniqlandi.

Yana bir holat “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu postga fuqaro Yu.A. boshqaruvida kirib kelgan “Volvo FH” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada uning avtomashina kabinasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovida aytilmagan, qiymati 10 million so‘mlik 4 000 dona mobil aloqa sim kartalari yashirilganligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq