Qo`mita tizimida ma’lumotlarning axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari
14.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati binosida qo‘mita xodimlari ishtirokida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha joriy yilning 10-sentabr kuni «Qo`mita tizimida ma’lumotlarning axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida qo‘mitaning axborot xavfsizligiga mas’ul xodimlar hamda boshqa bir qancha bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimlari Malikov U. xamda Ergashev I. o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Seminar davomida qo‘mitada axborot xavfsizligini ta’minlashning axamiyatliligi va qo‘mita faoliyatida axborot xavsizligini ta’minlashda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari xaqida so‘z yuritildi. Seminar davomida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq