Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bо‘yicha parlament eshituvi
14.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 12-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari deputatlaridan iborat Demokratik kuchlar bloki tashabbusi bilan “Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish” mavzusida parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov va bir qator vazirliklar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

— Internet tarmog‘idagi axborotdan samarali va maqsadli foydalanishni shakllantirish uchun birinchi navbatda undan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda xavfsiz internet muhitini shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Internet tarmog‘ining milliy segmentini yanada boyitish, aholining axborotga ega bo‘lgan ehtirojlarini qondirish, yoshlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xorijiy axborot resurslardan himoya qilish borasida milliy ma’naviy va tarbiyaviy axborot resurslarini ishlab chiqish ishlarini yanada samarali olib borishimiz kerak, — dedi AKT vaziri Sh.Sodiqov o‘z axborotida.

Bugungi kunda O‘zbekistonda axborotni tarqatish sohasini rivojlantirish va uning xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishini tartibga soluvchi 20dan ortiq qonunlarda konstitutsiyaviy tamoyillar (so‘z erkinligi, axborotdan foydalanish erkinligi, shaxsiy ma’lumotlar himoyalanishi va boshqalar) o‘z ifodasini topgan.

Parlament eshituvida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish, axborot tarqatishda axborot xavfsizligini ta’minlash va telekommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, qonun hujjatlari loyihalarini aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan muhokama qilish, teleradioeshittirishlar va davriy nashrlarni tarqatish yo‘nalishlarda vazirlik tomonidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi asosiy vazifalarga batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, vazir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga atroflicha javob berdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq