Latif shamollar shahri mehmonlarga muntazir!
10.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Shoirlar tarifi bilan aytganda, Xo‘kandi Latifd – «Xo‘ yuqoridagi shahar»da 10-15 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Birinchi hunarmandchilik festivaliga so‘nggi tayyorgarlik ishlari faol olib borildi. O‘tgan oylar mobaynida shahar yanada go‘zallashib «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida katta ishlar amalga oshirildi. Shahar o‘zgacha salobat kasb etdi. Rang-barang pannolar, dekoratsiyalar, atributlar ko‘ngillarga ko‘tarikilik bag‘ishlasa, zamonaviylik bilan milliylik uyg‘unligida barpo etilgan o‘nlab mehmonxonalar chiroyidan ko‘zlar quvonadi. 62ta tarixiy obidalar rekonstruksiya qilindi.

Muzeylar tamirlandi. Hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarida shaharchalarda tarixiy muhit ham aks ettirilishiga e’tibor qaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, yangilangan Qo‘qon 76ta mamlakatdan tashrif buyuradigan mehmonlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga shaylandi. Sayr etsangiz, bir xorijiy jurnalistning: «O‘zbekistonning har bir shahri Sharq ertaklari uchun sayqal bo‘la oladi» deganlari yodga tushadi.

Ha, Qo‘qon festivali dunyoni lol qoldirishi kerak. Zero, butun jahon hunarmandlari shahri maqomiga ega bo‘lmoqda. Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan festival har bir o‘zbekistonlikning hayotini yanada boyitishi zarur! Toki hunarmandchilikning har bir yo‘nalishi o‘z siru-sinoatlari, maftunkorligi bilan dillarni rom etsin!

Xudoyorxon o‘rdasida amfiteatr qurilishi tugallandi. Darhaqiqat, festival sharofati ila shahar infrastrukturasi yanada yaxshilandi. Shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shildi, xusni-jamoli ochildi. Bu bunyodkorliklarni ko‘rib insonning oltin qo‘llari qudratiga tasannolar deysiz.

Bu ezgu ishlarga «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yangi texnikani testdan o‘tkazish xizmati muhandislari Rustamjon Shamshiddinov, Mustafo Qahramonov, Yunus Kuramatov, Aleksandr Markosyan, Sodirjon To‘xtasinov, Mahmudjon Dehqonov, Yusufjon Nematov, Ikromjon Qurbonovlar shijoat ko‘rsatib mehnat qilmoqdalar.

— «Bir oydan buyon Qo‘qondamiz. Bazan kechki paytlarda ham ishlashga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq charchash, toliqish yo‘q. Xayrli ishlar charchatmaydi, quvvat beradi, deganlari shu bo‘lsa kerak, — deydilar, Mustakillik bayramini o‘tkazib Latif shamollar shahriga yo‘l olgan azamat yigitlar. Ular barcha mehmonxonalar, to‘yxonalaru majmualarda Vi-Fi zonalarini yaratishmoqda, chorrahalarga kameralar o‘rnatishmoqda, bir so‘z bilan aytganda, eng so‘nggi texnologiyalarni olib kirib internet xizmatlari sifatini oshirishna erishmoqdalar.

Binobarin ular ushbu festival hunarmandchilikni, milliy qadriyatlarimizni va ananalarimizni asrab-avaylashga, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga xizmatlari singiyotganidan benihoya mamnunlar. Bo‘lmasamchi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlik rishtalarini mustahkamlashga, odamlar intellektual salohiyatin yuksaltirish yo‘lida mehnat qilishdan ham savobliroq ish bormi?

Xafiza Salyaxova, jurnalist

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq