Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalarining chiqarilishi haqida
09.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qadimiy Qo‘qon shahrida 2019-yil 10-sentabrdan 15-sentabrgacha birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi.
Ushbu muhim madaniy-ma’rifiy tadbir munosabati bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 5-sentabrdan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.
Turkum 2 ta kichik varaq ko‘rinishida: 1-kichik varaq Arxitekturaga bag‘ishlangan, 2-kichik varaq xalq amaliy san’atiga bag‘ishlangan. Har bir kichik varaq 8 ta pochta markasidan va 1 ta kupondan iborat hamda ular uchun sovg‘abob klyasserlar ham tayyorlangan.
Pochta markalarida Qo‘qon shahrining tarixiy obidalari hamda O‘zbekiston xalq-amaliy san’atining betakror va bebaho namunalari aks ettirilgan.
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 52×37 mm. Kichik varaqlarning o‘lchamlari 180x230mm, 180x190mm. Turkumning umumiy adadi 6 ming nusxa. Dizayner – Kaneves Ye.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan:
№ 1377-1384
№ 1385-1392
№1377 Аrxitektura nominali — 2600 so‘m
№1378 Аrxitektura nominali — 2600 so‘m
№1379 Аrxitektura nominali — 4000 so‘m
№1380 Аrxitektura nominali — 4000 so‘m
№1381 Аrxitektura nominali — 5300 so‘m
№1382 Аrxitektura nominali — 5300 so‘m
№1383 Аrxitektura nominali — 9200 so‘m
№1384 Аrxitektura nominali — 9200 so‘m
№1385 Amaliy san’at nominali — 1300 so‘m
№1386 Amaliy san’at nominali — 1300 so‘m
№1387 Amaliy san’at nominali — 2600 so‘m
№1388 Amaliy san’at nominali — 2600 so‘m
№1389 Amaliy san’at nominali — 5300 so‘m
№1390 Amaliy san’at nominali — 5300 so‘m
№1391 Amaliy san’at nominali — 9200 so‘m
№1392 Amaliy san’at nominali — 9200 so‘m