Aeroport va vokzallarda sayyohlar uchun planshet ijarasi yoʻlga qoʻyildi
09.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekistonning aeroport va vokzallarida chet el fuqarolariga qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda xavfsiz turizmni taʼminlash maqsadida xizmatlar sifatini oshirish, axborot muhitini takomillashtirish, jumladan, sayyohlik-axborot punktlari, turistik navigatsiya tizimlari, yoʻnalish olish belgilari va boshqalarni tashkil etishga doir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Respublika hududidagi aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum joylarda xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun maxsus planshetlar ijarasi yoʻlga qoʻyildi. Planshetlar aeroport va vokzallarning kutish zallarida sayyohlarning murojaatlariga koʻra berilmoqda. Ushbu planshetlarga Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan turistlar uchun zarur boʻlgan barcha mobil ilovalar yuklangan, bu esa sayyohlarga beminnat yordam koʻrsatishi, shubhasiz.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilda Oʻzbekistonga kelgan mehmonlar qulayligi uchun aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum boʻladigan joylarda maxsus sim-kartalar sotuvi yoʻlga qoʻyilgan edi.

Rouming xizmati muqobili sifatida ishlab chiqarilgan bu sim-kartani faqat xorijiy fuqaro pasporti bilan xarid qilish mumkin.

Bundan tashqari, kelgusida sayyohlarga telefon apparati va mobil router ijaraga berish xizmati ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq