Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) to’rtinchi kurs talabalarini «3+1» dasturi bo’yicha Koreya Respublikasidagi Inha universitetiga o’qishga yubordi
07.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Eslatib o’tamiz, «3+1» dasturi Toshkent shahridagi Inha universitetida 3-yil va Koreyaning Inha universitetida 1-yil o’qish uchun mo’ljallangan hisoblanadi.

“Logistika maktabi” fakultetining 61 nafar talabasi 2019-yil 4-sentabrda Koreyaning Inha universitetida o’qish uchun Inchxonga jo’nadilar.

IUT ning 3-bosqich bitiruvchilari o’qishlarini Koreyadagi Inha universitetida davom ettiradilar, shuningdek, mamlakatning diqqatga sazovor joylari va Janubiy Koreya xalqining madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Talabalarning o’qishi 2020-yil fevral oyida tugaydi.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati Koreya Respublikasida talabalar ta’limini tashkillashtirish bo’yicha vakolatli ishni amalga oshirgan. Xususan, ma’muriyat viza olish, logistika va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko’rsatdi.

Eslatib o’tamiz, har semestr natijalariga ko’ra Toshkent shahridagi Inha universiteti har bir kursdan yakuniy imtihonlarda eng yuqori ball to’plagan va o’qish davomida o’zlarini eng yaxshi darajada ko’rsatgan eng yaxshi 10 talabani aniqlaydi. Ushbu talabalar 100% yoki qisman bitta semestr uchun to’lovlardan ozod qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq