Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoroliklar borasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti BAYONOTI
07.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyatiga talabalarning A.T.Abduvaxidov tomonidan savdo qilinayotgan qog‘oz va turli kanselyariya tovarlari narxlari boshqa do‘konlardagi narxlarga nisbatan qimmatligi borasida bir necha bor murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlar asosida tadbirkor faoliyati tanishib chiqildi hamda bildirilgan fikrlar asosli ekanligi aniqlandi.

Shu bilan birga, A.T.Abduvaxidov bilan 2018-yil 12-fevralda tuzilgan shartnoma muddati 2018-yil dekabr oyida tugagan. Biroq, A.T.Abduvaxidov 2019-yil yanvar oyidan beri ijara shartnomasisiz, Soliq qonunchiligi normalariga zid ravishda universitet binosi yo‘laklari va o‘tish joylarida savdo ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu esa favqulodda holatlarni bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalariga, tabiiyki, salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

TATU rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida faoliyat yuritadigan, ulgurji narxlarda talabalar ehtiyojiga javob beradigan savdoni amalga oshiruvchi har qanday tadbirkor bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor ekanligini bildiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq