Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
07.09.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yil 6-sentabrda Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori o‘rinbosari Alisher Tolipov ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun va mohiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar ma’ruza va muhokama ko‘rinishida tashkil etildi hamda unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi hamda uning tarkibidagi tashkilotlar xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida Alisher Tolipov tomonidan Qonunning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad, undagi asosiy tushunchalar, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Qonun kuchga kirgandan so‘ng (ya’ni 2019-yil 1-oktabrdan boshlab), barcha shaxsiy ma’lumotlar bazalari egalari va operatorlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini dastlab ulardan rozilik olgan holda saqlash va qayta ishlashlari hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha zaruriy huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishlari lozim bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq