O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti ishga tushurildi
06.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Mazkur veb-sayt O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi faoliyatini ochiqlik va shaffofligini ta’minlash, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi hamda fuqarolarning mamlakatdan chetga chiqish uchun viza stikerlarini rasmiylashtirish tartibi bilan tanishtirish va ma’lumot berish maqsadida joriy etilgan.
Internet tarmog‘ining http://gumiog.uz manzili ostida faoliyat ko‘rsatatuvchi mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashabbusi va “Yagona Integrator UZINFOCOM” MChJ bilan hamkorlikda yaratildi.
Veb-saytning o‘zbek va rus tillaridagi talqini mavjud, shuningdek, kengaytirilgan qidiruv tizimi, mobil vositalaridan foydalanish uchun moslashtirilgan dizayn, shu bilan birga, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun maxsus funksiyalar (kontrast, shrift hajmini kattalashtirish va ovozli hamroh) yaratilgan.
Ta’kidlash joizki, veb-saytda virtual qabulxona bo‘limi ishga tushirilgan bo‘lib, endilikda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masala, shikoyat va takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llashlari mumkin. Bu esa muammo va kamchiliklarga ijobiy yechim topishida imkoniyat yaratadi.
Manba: kompaniya press-relizi
- « Bemorlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha Rossiya innovatsion raqamli texnologiyasi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishga yordam beradi
- Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) to’rtinchi kurs talabalarini «3+1» dasturi bo’yicha Koreya Respublikasidagi Inha universitetiga o’qishga yubordi »