Odnoklassniki Birinchi kanaldagi jang tranlyatsiyasi uchun maxsus “Xabib” niqobini joriy etdi va videopleyerni yangiladi
05.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 7-sentabr kuni Birinchi (Pervo`y) kanal tomonidan Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida uzatiladigan Xabib Nurmagomedov va Dastin Porening titul jangi  jоnli translyatsiyasi tomoshabinlari videopleyerda sinov tariqasida yangi imkoniyatga birinchilardan bo‘lib ega bo‘ladilar. Jangni nafaqat live rejimida ko‘rish, balki efirni orqaga qaytarish yoki uning har qanday lahzasiga o‘tish mumkin bo‘ladi.

Yangi imkoniyat efirning tugashini va yozuvning chiqishini kutmagan holda uning eng yaxshi lahzalarini, masalan, o‘tgan raundlarni va janglarni yoki jangchilar oktagonga chiqishini tomosha qilish imkonini beradi. Bunda tomoshabinlar har qanday vaqtda jonli efir tomoshasiga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Bunday imkoniyatni OK ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchilardan bo‘lib, joriy etmoqda. Kelgusida undan ijtimoiy tarmoqning barcha translyatsiyalarida, shu jumladan, foydalanuvchilar translyatsiyalarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Jonli translyatsiyada yangi imkoniyatni amalga oshirish uchun OK o‘z video konteynerini ishlab chiqib, ushbu video konteyner foydalanuvchiga tasvirni orqaga qaytarish yoki oldinga o‘tkazishdan so‘ng birinchi kadrni boshqa o‘xshash xizmatlardagidan farqli ravishda tezroq olish imkonini beradi.

Tomoshabinlar OKdagi translyatsiyaga OK Live striming ilovasida tayyorlanishi mumkin bo‘ladi. Bugun u yerda “Xabib” to‘ldirilgan voqelik virtual niqobi paydo bo‘ldi. U orqali har qanday foydalanuvchi taniqli papaxani o‘ziga “kiyib” ko‘rishi va unda shaxsiy strimini o‘tkazishi mumkin.

Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore jangining OKdagi translyatsiyasi Birinchi kanal tomonidan “Sport na Pervom” rasmiy guruhida o‘tkaziladi: boshlanish vaqti Moskva vaqti bo‘yicha soat 21:00da. Jang va barcha matchdan oldingi tayyorgarliklarni quyidagi har qanday moslama orqali – ijtimoiy tarmoqning desktop va mobil versiyalarida, iOS va Android da ishlovchi OK ilovalarida, Smart TV va Android TV ga ega televizorlarda, “OK Video” ilovasida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Ilgari Odnoklassniki Xabib Nurmagomedov ishtirokidagi UFC turnirlarini uzatgan. Bunda masalan, rossiyalik sportchi va Konor Makgregorning yengil vazndagi chempion unvoni uchun olib borgan jangi sifatidagi muhim voqeadan iborat bo‘lgan UFC 229 turnirining jonli translyatsiyasi jami 13 milliondan ortiq tomosha qilindi, ushbu ko‘rsatkichning 9 millioni Nurmagomedov va Makgregor jangi bo‘lib o‘tgan vaqtga to‘g‘ri keladi.

Jangning jiddiy lahzalarini bir vaqtning o‘zida 1,8 mln. tomoshabin tomosha qildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq