UZINFOCOM tomonidan “Redemption Period” xizmati joriy qilinmoqda
04.09.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan “Redemption Period” – “Domenni sotib olish muddati” xizmati ishlab chiqildi va joriy qilindi.

Ushbu xizmat domen ma’murining domen nomini 30 kun muddatda ma’muriy boshqarish huquqi asosida tiklanish davrini nazarda tutadi. Bugungi kunda ushbu amaliyot butun dunyo bo‘ylab keng qo‘llanilib kelinmoqda. Xususan, domen nomi egalari va domen nomini yangilashni unutgan savdo nomlari egalarining huquqlarini himoya qilish uchun sharoit yaratilishi bilan birga, domen nomini yo‘qolib ketishi kabi holatlar oldi olinadi.

Agar domen egalari belgilangan muddat ichida (ro‘yxatdan o‘tish muddatidan bir yil oldin) domen nomlarini uzaytirishga ulgurmagan yoki eslaridan chiqqan, shuningdek, “Uzaytirishni kutish” maqomida bo‘lsa, domenlar “Redemption Period” maqomiga o‘tadi. Bu davr ichida faqat oldingi domen egasi Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi orqali qo‘shimcha to‘lov evaziga domen nomiga bo‘lgan huquqlarini tiklay oladi. “Redemption Period” holati davomida domen nomi faoliyat yuritmaydi va uni domen nomlarini reestridan o‘chirish jarayoni boshlanadi. Ammo shunga qaramay, aloqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oldingi domen egasiga tegishli bo‘ladi. Shuningdek, “Redemption Period” amal qilish paytida oldingi domen egasi o‘rnatilgan tartibda o‘z xohishiga ko‘ra Ro‘yxatdan o‘tkazuvchini o‘zgartirishi mumkin.

Agar “Redemption Period” amal qilish davrida unda joylashgan domen nomi to‘lanmagan bo‘lsa, ushbu muddat tugashi bilan domen nomi domen nomlari reestridan o‘chiriladi va uni har qanday shaxs ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

“Ushbu yangilik domen nomlari bilan bog‘liq sud va boshqa jarayonlarni kamaytiradi va domen egalariga o‘z domen nomlari muddatini uzaytirish uchun ikkinchi imkoniyatni beradi. 30 kunlik “Redemption Period” joriy qilingandan so‘ng domen nomini yo‘qotish qiyin bo‘ladi”, – deb izoh bermoqda – .UZ domeni Ma’muri rahbari Asxat Gimranov.

Eslatib o‘tamiz, 2003-yil 27-mart kuni Internetda adres va protokollar raqamlarini biriktirish bo‘yicha Korporatsiya (ICANN) bilan imzolangan ccTLD homiyligi to‘g‘risidagi Kelishuvga asosan “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ yuqori darajali .UZ (ccTLD) domeni ma’muri hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq