Respublika biznes va boshqaruv Oliy maktabi raqamli iqtisodiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha xalqaro muassasa bo‘ladi
04.09.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Respublika biznes va boshqaruv Oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda Oliy maktab deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga hamda buyuk mutafakkir va olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni arafasida ajoyib sovg‘a tayyorladi!

Jahon va mamlakat tarixida ilk marotaba falsafa doktori (Doctor of Philosophy – PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science – DSc) 08.00.16 – «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash instituti ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yil 30 avgustdagi qarori bilan pasport, ilmiy Kengash tarkibi va Kengashning ilmiy seminari tasdiqlandi.

Ilmiy kengash tarkibiga AQSh, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston, Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti, Hauzxong fan va texnologiyalar universiteti, Amaliy axborot texnologiyalari instituti kabi yetakchi universitet va ilmiy markazlar olimlari kirib, ular ilmiy kengash yig‘ilishlarida bevosita onlayn tarzda ishtirok etadilar.

08.00.16 – «Raqamli iqtisod va xalqaro raqamli integratsiya» yangi mutaxassisligi pasporti raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liq fan va amaliyotning deyarli barcha yo‘nalishlari va sohalarini o‘z ichiga olgan mutaxassislik va tadqiqot sohasi formulasidan iborat bo‘lib, ularning to‘liq mazmuni bilan Oliy maktabning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin bo‘ladi.

Shunday qilib, Oliy maktab respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan raqamli iqtisodiyot sohasida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning xalqaro muassasasiga aylanmoqda.

Ushbu mutaxassislik bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish uchun hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 15-sentyabr kuni boshlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq