LBMA 900 kishini Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimida ishlash uchun o‘qitdi
31.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

19-30 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining mas’ul mutaxassislari tomonidan respublikaning 8 viloyatida bir qator treninglar o‘tkazildi. Treninglar «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini olishga qaratilgan.

Mahalliy hokimiyat organlari va vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari uchun treninglar butun mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tadi va hozirgi kungacha Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilib bo‘ldi. Hozirgi vaqtda 900 ga yaqin o‘qitilgan foydalanuvchilar axborot tizimiga ulangan.

Trening Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi «Investitsiya loyihalarini nazorat va monitoring qilish sohasida axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 616-sonli qarori doirasida o‘tkazilmoqda va joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarigacha davom etadi. Shu vaqtga kelib, tizim foydalanuvchilari soni 1500 nafar mutaxassisdan oshadi.

Eslatib o‘tamiz, «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi institutini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, tegishli xarajatlar va byurokratik sansalorlikni kamaytirish, shuningdek, respublika bo‘yicha investitsiya va hududiy dasturlarning investitsiya va infratuzilma loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini onlayn rejimida monitoring qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq