Siz qaysi davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishni istaysiz?
30.08.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) orqali ko‘rsatiladigan, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan talab yuqori bo‘lgan onlayn davlat xizmatlarining sifati va sonini oshirish maqsadida, aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Bugungi kunda davlat organlari tomonidan 700 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilayotgan bo‘lib, ulardan 160 dan ortig‘i Yagona portal orqali onlayn tarzda taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

So‘rovnoma ikki xil ko‘rinishda tuzilgan:

1) Talab yuqori bo‘lgan 40 dan ortiq davlat xizmatlaridan tashkil topgan so‘rovnoma. Ushbu xizmatlar davlat organlari tomonidan taqdim etilayotgan davlat xizmatlari ko‘rsatish statistikasi tahlili asosida Markaz tomonidan aniqlandi.

2) 400 dan ortiq davlat xizmatlarini o‘z ichiga olgan so‘rovnoma. Ushbu so‘rovnoma. Sizdan ko‘proq vaqt ajratishingizni talab qiladi, biroq an’anaviy shaklda taqdim etiladigan xizmatlarning deyarli barchasini qamrab oladi.

Ovoz berishingiz uchun qulaylik yaratish maqsadida, xizmatlar ularni taqdim etadigan vazirlik va idoralar kesimida guruhlangan. Shu bilan birgalikda, har bir yo‘nalishda, siz o‘zingiz Yagona portal orqali olishni istagan xizmat nomini qo‘shishingiz mumkin (agar ular taklif qilingan ruyxatda mavjud bo‘lmasa).

Ovoz berish natijalariga ko‘ra hamda sizning taklif va xulosalaringiz asosida aniqlangan yuqori talabga ega (eng ko‘p ovoz to‘plagan) davlat xizmatlari, Yagona portalda yangi interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda inobatga olinadi.

So‘rovnoma 2019-yil 5-sentyabrgacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq