“Qo‘riqlanayotgan O‘zbekiston faunasi” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
29.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 28-avgustdan “Qo‘riqlanayotgan O‘zbekiston faunasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Ekologik harakati tashkiloti tomonidan qo‘riqlanayotgan hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalarida O‘zbekiston Ekologik harakati logotipi joylashgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Plujnikov A. rasmlari, Yusupaliyev U. dizayni. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1373. «Aquila chrysaetos» Nominali – 3200 so‘m

1374. «Equus hemionus» Nominali – 3200 so‘m

1375. «Phoenicopterus roseus» Nominali – 3700 so‘m

1376. «Panthera uncial» Nominali – 6500 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq