HUMOning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi
29.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) O‘zbekiston banklari bilan birgalikda Visa xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha milliy valyutada mablag‘larni yechish imkoniyatini joriy qildi. Endi Visa xalqaro karta egalari uchun eng yaqin bankni qidirish zarur emas: o‘z mehmonxonalariga yoki sayyohlik obyektlariga yaqin joylashgan HUMO va Visa logotiplariga ega bankomatni qidirib topishning o‘zi kifoya.

«Shubhasiz, mazkur tashabbus O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga ko‘mak qiladi. HUMO Milliy to‘lov tizimi va Visa global to‘lov texnologik kompaniyasi mamlakat bo‘ylab 250 dan ortiq bankomatlarda Visa kartalarini qabul qilish bo‘yicha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunladilar, bunday bankomatlarning soni esa kundan-kunga ortib bormoqda», – deb ta’kidlaydi MBPM direktori Qurbonov Shuhratbek.  

Visa va HUMO strategik hamkorligi poydevori mazkur yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Visa kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish maqsadiga qaratilgan O‘zaro hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumi imzolangan paytda o‘rnatilgan. Ushbu tashabbus tomonlarning mamlakatda elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlaridagi birinchi qadam hisoblanadi.

«Visa HUMO bilan hamkorlik qilishdan juda mamnun va mahalliy bankomatlar tarmog‘ida Visa kartalarini qabul qilishni boshlash O‘zbekistonda naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston aholisining farovonligini oshirish hamda mamlakat mehmonlari uchun qulaylik yaratish yo‘lidagi sherikchilik munosabatlarini o‘rnatishdagi birinchi qadam hisoblanadi», — deydi Markaziy Osiyodagi Visa Bosh menejeri Aliya Chonobayeva.

Bankomatdan milliy valyutada naqd pul mablag‘larini berish uchun komission haqni bankning o‘zi belgilaydi. Turistik shaharlarda milliy valyutada pullarni yechib olish imkoniyatini beruvchi HUMO bankomatlari yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar va h.k. atrofidagi 24/7 shoxobchalarida joylashgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq