“Buyuk Ipak yo‘li” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
29.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 23-avgustdan “Buyuk Ipak yo‘li” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida XI-XIX asrlarda Buyuk Ipak yo‘llaridan o‘tgan tuya karvonlari, savdogarlar, har xil savdo uchun mo‘ljallangan mollar: gazlamalar, gilamlar, sopol va kumush idishlar tasvirlanib, pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Buyuk Ipak yo‘li” yozuvi joylashgan. Ushbu turkumning emblemasi bo‘lmish tuyalar karvonining grafik tasviri tushurilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30mm. Pochta blokining o‘lchami 100x65mm. Pochta blokidagi pochta markasining o‘lchami 42x30mm. Farmonov S. rasmlari, Sulaymonov U. dizayni.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1370. Tuya karvonlari Nominali – 3600 so‘m

1371. Tuya karvonlari Nominali – 3700 so‘m

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

1372. Tuya karvonlari Nominali – 6500 so‘m

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq