Xorijdan “uchib kelgan” dron aeroportda“ qo‘ndirildi”
28.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga “Istambul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro J.J.ning yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona “Corby Drones” rusumli uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019-yil 4-noyabrdan amalga kiritiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq