UZINFOCOM «Raqamli xo‘jalik» mobil ilovasini ishga tushirmoqda
23.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«UZINFOCOM» davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator fermerlarga ekinlar parvarishi va yerning holatini yaxshilash bo‘yicha masofadan tavsiyalar olish imkonini beradigan «Raqamli xo‘jalik» mobil ilovasini ishga tushirmoqda.

Ilovaning negizida fermer tomonidan yuklab olinadigan ma’lumotlarni tahlil qiluvchi va o‘simliklarning holati haqida aniq ma’lumot beruvchi sun’iy aql mavjud. Dastur salbiy omillarni o‘z vaqtida aniqlash va fermerlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasalliklariga o‘z vaqtida choralar ko‘rish, tuproq holatini tahlil qilish va yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berishga mo‘ljallangan.

Foydalanuvchi interfeysi juda oddiy va intuitiv idrok etilishi mumkin: tavsiyalarni olish uchun fermer mobil telefon orqali kasallik va zararkunandalar bilan egallangan xo‘jaligi ekinlarini yoki tuproqning salbiy holatini suratga olib muammoning tavsifi bilan rasmni yuboradi. Tezkor aloqa uchun Telegram-bot bilan yaratiladigan chatga 24 soat ichida tavsiya keladi. Dastlabki bosqichda sun’iy aql tavsiyalarini mahalliy va xorijiy mutaxassislar kuzatib boradilar. Keyinchalik so‘rovlarga tezkor va to‘g‘ri javob berish uchun tizimda yetarli ma’lumotlar bazasi shakllanadi.

Kelajakda har bir yangi so‘rov kelib tushishi bilan sun’iy aql tomonidan tavsiyalar va javoblar tezroq va sifatliroq yuboriladi va tizim tomonidan to‘plangan ma’lumotlar bazasi qishloq xo‘jaligi tendensiyalarini tahlil qilish va fermerlarga onlayn rejimda amaliy maslahatlar berish imkonini kengaytiradi.

Hozirgi vaqtda dastur sinov bosqichida va tez orada uni Play Marketda yuklab olish mumkin bo‘ladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yondashuv fermerlarning eng oddiy va odatiy xatolarini bartaraf etish orqali hosildorlikni 15-20 foizga oshiradi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 12.7 million tonna sabzavot va 2.7 million tonna meva yetishtiradigan 67 800 dan ortiq fermer xo‘jaligi mavjud. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sishi yiliga 6,6 foizni tashkil etadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq