Obod qishloq — zamonaviy aloqa liniyalari!
23.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respubilkasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq dasturi to‘g‘risida”gi 5386-sonli Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019-yilda respublika mahallalari va qishloqlari aholisining turmush darajasini tubdan yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Har bir tumanda aholining turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash, qishloq, mahalla va uylarning qiyofasini zamonaviylashtirish va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “2019-yilda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4201-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasini amalga oshirishda “O‘zbektelekom” AK faol ishtirok etib kelmoqda.

“O‘zbektelekom” AK tomonidan O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jami 478 ta qishloq aholi punktlari, mahallalar va qishloqlarda telekommunikatsiya infratuzilmalari takomillashtirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida yil boshidan buyon butun respublika miqyosida 9500 km dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari yotqizilgan bo‘lib, shundan 400 km dan ortig‘i qishloq joylarga tegishli. Birinchi yarim yillikda dastur doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasi qurilmalari to‘liq yangilandi hamda 1200 dan ziyod maxsus aloqa ustunlari o‘rnatildi.

“O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filiali butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab antenna-machta inshootlari qurishni va yangi baza stansiyalarini foydalanishga topshirishni davom ettirmoqda. Xususan, qishloq joylarda ko‘plab yangi ob’ektlar ishga tushirilmoqda.

Joriy yilda Toshkent viloyatida 11 ta ob’ektlarda 2G, 3G, 4G, CDMA va EVDO standartidagi 45 ta baza stansiyalari quyidagi manzillarda o‘rnatildi va ishga tushirildi:

— «Shoxruhiya» ob’ekti, Oqqo‘rg‘on tumani Xosildor mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY);

— «Ziyoli» ob’ekti, Bekobod tumani Hamza MFY;

— «Katta Ravot» ob’ekti, Bo‘ka tumani O‘rta-tepa MFY;

— «Ko‘k orol» ob’ekti, Bo‘ka tumani Ko‘ko‘rol MFY;

— «Gishtko‘prik» ob’ekti, Zangiota tumani, Bog‘ishamol MFY;

— «Ittifoq FL Komilov» ob’ekti, Zangiota tumani, Yassaviy MFY;

— «Uyshun» ob’ekti, O‘rta Chirchiq tumani, Turkiston MFY;

— «Eshonobod» ob’ekti, Yangiyo‘l tumani Umid MFY;

— «Energoqurilish» ob’ekti, Bo‘stonliq tumani Barraj MFY;

— Ilg‘or ob’ekti, Ohangaron tumani Ilg‘or MFY.

Shu bilan birga, 2019-yil 31-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Algabas qishlog‘ida UZMOBILE GSM 3G tarmog‘ini yaxshilash maqsadida yangi baza stansiyasi ishga tushirildi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida “O‘zbektelekom” AK Toshkent filiali tomonidan qishloq joylarda AKTni rivojlantirish va qishloq aholisiga zamonaviy keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, rejaga muvofiq telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi va quyidagi manzillar bo‘yicha optik tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi:

— Oqqo’rg’on tumani «Tolovul qishlog’ida 128 port sig’imga ega uskunalar;

— Qibray tumani «Yangi avlod» qishlog’ida 128 port sig’imga ega uskunalar;

— Bo’stonliq tumani «Algabas» qishlog’ida 64 port sig’imga ega uskunalar;

— Bo’stonliq tumani “Barraj” qishlog’ida 256 port sig’imga ega uskunalar;

— Quyichirchiq tumani, “Bog’iston” qishlog’ida 64 port sig’imga ega uskunalar;

— Pskent tumani «Navoiy» qishlog’ida 128 port sig’imga ega uskunalar;

— Pskent tumani «Mo‘minobad» qishlog’ida 128 port sig’imga ega uskunalar;

— Chinoz tumani, “Rasulobod” qishlog’idagi sig’imi 128 port sig’imga ega uskunalar.

Bundan tashqari, mavjud liniyali kabel xo‘jaligi infratuzilmasini tartibga keltirish bo’yicha ishlar yakunlandi, aloqa quduqlari, aloqa liniyalari ustunlari va tarqatish shkaflari o’rnatildi.

Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi xizmatlar sifati va hududlar qamrovini oshiradi, shuningdek zamonaviy mobil Internet xizmatlarni joriy etish imkonini beradi.

“Obod qishloq” davlat dasturi doirasida chekka va olis qishloq joylarda istiqomat qiladigan abonentlar uchun kompaniya tomonidan UZMOBILE CDMA tarmog‘i uchun “Obod” maxsus tarif rejasi joriy etildi. Ushbu tarif rejasiga muvofiq, chekka hududlarda yashaydigan qishloq aholisi mobil aloqa xizmatlaridan arzon narxlarda CDMA 450 standartining barcha afzalliklaridan foydalanishlari mumkin.

Abonentlarga qulaylik yaratish va aholini keng polosali Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlaridan foydalanishini ta’minlash maqsadida “O‘zbektelekom” AK abonent qurilmalarini bepul taqdim etish hamda optik aloqa liniyalariga ulanganda 100 metr kabelga bepul ega bo‘lish bo‘yicha maxsus aksiyalar o‘tkazmoqda. Bu qishloq aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlariga ulanishning yangi texnologiyalariga o’tishni osonlashtiradi.

Statistikaga ko’ra, O’zbekiston aholisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish qishloq aholisiga viloyat markazlarida yoki O‘zbekiston poytaxtida bo‘lgani kabi zamonaviy, arzon va ishonchli aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq